Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Uy-joylar. 
Shimoliy Kavkaz xalqlarining zamonaviy turar joy- 
lari konstruksiyasi, qurilish ashyolari, ichki ko‘rinishi va jihozlari 
bo‘yicha juda o‘xshash. 0 ‘tmishda tafovutlar katta bo‘lgan, o‘rmoni 
bo‘lm agantogii hududlarda: Dog‘istondauylami toshdan, Qorachoy- 
da - yog‘ochdan qurishgan. Tekislik joylarda asosiy qurilish ashyosi 
somonli loydan qilingan xom g‘isht boigan. Ulardan tashqari, de- 
vori bo‘yra ustidan loy suvalgan, shuningdek sinchli uylar bo‘lgan. 
Checheniston va Ingushetiyani, Osetiya va qisman Bolqoriyani 
ba'zida «minoralar mamlakati» deyishgan. Ko‘plab to g ii qishloqlar- 
da hozirga qadar yarim vayron bo‘lgan uylar orasida viqorli jangovar 
minoralar uchrab, bu qishloqlarga tengsiz me’moriy ko‘rinish beradi. 
Bu minoralar XVI-XVIII asrlarda bunyod etilgan. Xavf boigan pay- 
tlarda ularga bir necha oila yashiringan.
An’anaviy Kavkaz uylarining muhim elementi - o‘choq, uyni 
isitish va taom tayyorlashga xizmat qilgan. 0 ‘choqni uy va oila bi­
lan qiyoslangan. Qorachoylarda o‘choq oldidagi toshni o‘matish 
o‘z ahamiyatiga ko‘ra uyning asosiga birinchi yog‘ochni qo‘yishga 
tenglashtirilib, maxsus duolar bilan o‘tkazilgan. 0 ‘choq ustidagi zan-
351


jir, qozon va hatto o‘choqdagi ko‘mir va kulni ham muqaddas deb 
bilishgan. 0 ‘choq ustidagi zanjir oila birligining ramzi bo‘lgan.
An’anaviy Kavkaz uylarida mehmonlar uchun alohida xona -
qo‘noq (do‘st, birodar) qurishgan. Odatda u alohida bino bo’lgan. 
Unda hech kim yashamaydi, lekin hozirgi kunda ham qishloq uylarida 
bu inshoot mavjud.
Kiyimlar. 
Tabiiy-iqlim sharoitlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 
va turli shakldagi madaniy aloqalar Shimoliy Kavkaz xalqlari kiyim­
larida umumiy xususiyatlami vujudga keltirgan, bu, ayniqsa, deyarli 
barcha xalqlarda bir xil bo'lgan erkaklar kiyimida kuzatiladi. Albatta, 
kamar (teridan, kumush yoki oddiy metalldan qo‘shimcha bezak bi­
lan), xanjar; bosh kiyimi, qorako‘] teridan yoki boshqa terilardan turli 
fasondagi telpaklar, kigizdan kundalik bosh kiyimlari bo‘lgan. Yo‘lga 
chiqqanda qo‘shimcha chakmon va boshliq olingan. Tog‘li kishi qan- 
chalik kambag‘al bo‘lmasin, doim xanjari va kamari bo‘lgan.
Ayollar va qizlar kiyimlarining o‘zgarmas qismida uzun tunika­
simon ko‘ylak, ham ishton bo‘lgan. Boshi va yelkasini ro‘mol bilan 
yopishgan. Bayramlarda ko‘ylak ustidan kumushdan qistirgichlar bi­
lan kaftancha ko‘ylaklari tillo iplardan kashtalar bilan bezatilgan.
Ayollar kiyimi qizlamikidan faqat ayrim jihatlari bilan farq qilgan. 
Qorachoy va bolqor ayollari boshida ikkita ro‘mol - birini tasma sifa- 
tida, ikkinchisi ustidan bog‘lab kiyishgan. Chechen ayollarida chuxta 
deb nomlangan (qopchasimon tikilgan), ichiga sochlarini joylashtirib 
peshonasigacha tortib ustidan tashlagan yupqa ro‘mol kashtalari 
boshlari atrofiga osilib turgan. Dog‘iston ayollari kiyimlari va taqin- 
choqlari ham xilma-xil bo‘lgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin