Odatda Kavkaz xalqlari go‘shtli kabobni ko‘p iste’mol qilishadi,
degan fikr ko‘p uchraydi. Amalda esa kavkazliklar mollari soni bilan
ko‘proq faxrlanishib, go‘shtni bayramlarda, to‘y1arda yeyishadi.
Kavkazda eng keng tarqalgan mashhur taom -
kabobni ilgari endi
so‘yilgan molning, qo‘yning jigari, buyragi va h.k.lardan qilishgan.
Aynan shu xildagi kabob delikates (tansiq taom) hisoblanadi. Shi
moliy kavkazliklar oshxonasida dog‘iston xinkalisi keng yoyilgan.
Unda qiymani xamirda, bizdagi mantiga o‘xshatib pishirib, sho‘rvasi
va unda pishirilgan go‘sht bo‘laklari bilan qo‘shib tortiladi. Tog‘liklar
dasturxonida pishloq, qatiq, qorachoy va bolqorlarda ayron ichimlik
sifatida keng tarqalgan. Kavkazliklaming barchasi turli ko‘katlar -
kinza. ukrop, piyoz, sarimsoq va h.k.lami ko‘p iste’mol qilishadi. Shi
moliy Kavkazda ham uzumdan turli vinolar ko‘p tayyorlanadi.
Oila va oilaviy turmush.
Oila - faqat ijtimoiy va xo‘jalik birligi
emas, balki etnosni yaratuvchi hamda saqlovchi usuldir. Oila qurish
masalasiga Kavkazda juda mas’uliyat bilan qarashadi.
Oila qurishga
monelik qiladigan qator to‘siqlar bo‘lib, ulardan biri qarindoshlikdir.
Ko‘pgina Kavkaz xalqlarida to‘rtinchi avloddan beri qarindoshlar
orasida nikoh taqiqlangan. Qarindoshlar
safini kengaytirib nikohga
kiruvchilar sonini cheklaydigan odati ardan biri bolaga doyalik qil-
gan ayol, chaqaloqqa qandaydir sabab bilan ko‘krak bergan ayolning
oilasi ham kirgan.
Tadqiqotchilar Kavkazdagi otaliq - sun’iy
qarindoshlik odatini
keng tadqiq etishgan. Bolaning boshqa biron oilada ma’lum muddat
bo‘lishi, tarbiyalanishi ushbu qarindoshlik turini kengaytirgan. Ak-
sari bola yangi oilada tug‘ilganidan 15-16 yoshgacha tarbiyalangan.
Otaliqni tanlash, bolaning berilishi, uning qaytishi ko‘plab udum-ma-
rosimlarning bajarilishi bilan amalga oshirilgan. Adiglarda otaliqlik
dehqonlar toifasida kengroq tarqalgan.
Odat bu xildagi munosabat-
lami qon-qarindoshlikka tenglashtirilgan.
Sun’iy qarindoshlik usullari ko‘p bo'lgan. Uning ahamiyati katta
ekanligi, bu orqali qonli xun olinishining to‘xtatilishini ko‘rsatish
mumkin. Mojaroni to‘xtatish maqsadida 4-10 yoshgacha bo‘lgan
353
o‘g‘il bolani o‘g‘irlab, boqib, so‘ng sovg‘a-salomlar bilan ota-onasi-
ga qaytarishgan. Bizning kunimizda sun’iy
qarindoshlikning barcha
turlaridan eng qat'iy saqlanayotgani sut qarindoshlikdir.
Yangi oilaning yaratilishi davri - murakkab nikoh to‘yi udum-
marosimlarini o‘tkazayotgan ko‘p sonli
qarindoshlarning bir necha
kun davom etadigan bayramidagi eng muhim paytdir. Yangi oilaga
farzand tilash to‘y dasturxonida tovuq va tuxumlaming qo‘yilishida
kuzatiladi. Kelin-kuyovning ustidan uyiga kirishidan oldin konfetlar,
don sochishadi.
Shimoliy Kavkazda ham patriarxal oilalar uzoq vaqt hukmronlik
qilgan. Ayollar oilada itoatkor holatda boigan.
Dostları ilə paylaş: