Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Folklor va badiiy adabiyot



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Folklor va badiiy adabiyot. 
Shimoliy Kavkaz xalqlari hayotida 
o‘tmish va hozirgi kun ajablanarli holda uyg‘unlashib ketgan. Bugun- 
gi kunda ulaming barchasida yozuv, o‘z tillaridagi maorif tizimi, oliy 
ta’lim, moddiy va m a’naviy madaniyatlari mavjud.
Shimoliy kavkazliklar og‘zaki ijodlari ularning turmushi, 
mehnati va onglarini mujassamlangan. Qo‘shiqlar, rivoyatlar, ertak- 
lar, maqollar, matallar, topishmoqlar vatanga, o ‘z-o‘lkasiga muhab- 
bat, jangchining jasurligi, sevganning nazokatli munosabatini taran- 
num etgan.
Folklorda nart dostonlari Shimoliy Kavkaz xalqlarining ko‘p- 
chiligida tarqalsa-da, ayniqsa, osetinlar she’riyatida to ‘liq namoyon 
boigan. Dostonlar qahramonlari - pahlavonlar va mehnatkashlar, 
ovchilar, chorvadorlar, qisman dehqonlarning qahramonlik faoli- 
yatlari, qasos olishlari, ilohlarga qarshi ochiq kurashlari o ‘z aksini 
topgan.
Folklor professional badiiy madaniyat, ayniqsa, adabiyotning 
shakllanishiga asos boigari. Shimoliy Kavkazda adabiyotning 
she’riyat sohasi ayniqsa yuksalgan. Jumladan XIX asr oxiri - XX 
asr boshlarida lezgin shoiri Sulaymon Stalskiy (1869-1937), osetin 
Kosta Xetagurov (1859-1906), avar Gamzat Sadasa (1877-1951), 
uning o‘g‘li Rasul Gamzatov (1923-2003), bolqor shoiri Qaysin 
Quliyev (1917-1985), qabardin Alim Keshokov (1914-200l)lar 
0 ‘zbekistonda ham ko‘p b oiib, yozuvchi, shoirlarimiz bilan do‘stona 
munosabatlar o‘matishgan.
355


1. Rus xalqining joylashishi, til va shevalari haqida so‘zlab bering.
2. Ruslaming etnik tarixi, rus millatining shakllanishi bosqichlari 
qanday kechgan?
3. Aholining xo'jaligida an’anaviylik va zamonaviylik nimalardan 
iborat?
4. Ruslar moddiy madaniyatidagi transformatsion jarayonlar haqi­
da nimalami bilasiz?
5. Ruslarda jamoa munosabatlari va oilaviy turmush qanday 
kechgan?
6. Ural-Volgabo‘yi xalqlari etnologiyasi haqida nimalami eslab 
qoldingiz?
7. Quyi Volgabo‘yi qalmiqlari haqida so‘zlab bering.
8. Shimoliy Kavkaz etnologiyasi haqida nimalami bilasiz?
9. Shimoliy kavkazliklarning xo‘jaligi, diniy e ’tiqodlari, taqvimiy 
marosimlari haqida so‘zlang.
10. Kavkaz xalqlari moddiy madaniyati o‘ziga xosliklari nimalar­
dan iborat?
11. Kavkazda jamoa tartiblari, oilaviy munosabatlardagi xususi- 
yatlami tavsiflab bering.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin