vujudga keldi. Folklor an’analari va syujetlari turli «milliy baletlarga»
asos boidi. Afrika xalqlari hayotida bir-biri bilan bevosita bog‘liq
musiqa, qo‘shiqlar va raqslar katta o‘rin tutadi. Ular mehnat jarayoni,
bayramlar, to‘y va marosimlarining o‘tishida katta ahamiyatga ega.
Qora Afrika musiqasi Shimoliy Afrikanikidan boy va rang-barangdir.
Musiqa asboblari ko‘p boisa-da, katta-kichik nog'oralar ritmlari be-
qiyos tovushlarga ega.
Afrika musiqasi dunyo musiqa madaniyatigaulkanhissa qo‘shgan.
Uning asosida jaz, spirichuels, samba ritmlari shakllangan. Ushbu
fikmi lambada va makarena xususida ham aytish mumkin. Afrika
hududida ham zamonaviy uslublar - kongo, makossalar vujudga kei
gan. Reggi musiqasi ham Afrikada paydo boigan.
Tropik Afrikada uzoq o‘tmishdan yog‘och o‘ymakorligi san’ati
(Kamerun, Kongo) shakllangan. Toshtarashlik (Zimbabveda), jezdan
badiiy quymakorlik (Benin va Nigeriyada) san’atlari yuksak rivojlan
gan. Ular zamonaviy haykaltaroshlar - ganalik Kofi Antubam, nige-
riyalik Ben Envennular ijodiga ilhom bergan. Afrika yog‘och haykal-
taroshligi yevropalik rassomlar, san’at ishtiyoqmandlariga katta ta’sir
etib, yangi tasviriy san’at yo‘nalishi - kubizmning yaratilishiga turtki
beradi.
Rassomchilik, aksincha, Afrika mamlakatlari uchun butunlay
yangi san’at sohasidir. Shunga qaramasdan, Kongo poytaxti Brazza-
vildagi Poto-poto rassomchilik maktabi, Sharqiy Afrikadagi makonde
haykaltaroshlarini dunyo tan olgan. Tropik Afrika me’morchilik
san’ati namunalari kam saqlangan. Bunga sabab, bir tomondan,
qit’aning fojiali tarixi boisa, ikkinchi tomondan, Afrikaning o‘ziga
xos iqlimidir. Yog‘ochdan memorchilik inshootlari uzoq saqlan-
maydi. Mali, Senegalda loydan qurilgan masjid va uylar saqlangan.
Zamonaviy Afrika me’morchiligi, an’analarini - o‘ymakor eshiklar-
ni, metalldan o‘ymakor naqshli bezaklarni ishlatib yangi banklar, sa-
roylar, mehmonxonalar qurmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: