Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


5.5. Zamonaviy etnik jarayonlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

73


5.5. Zamonaviy etnik jarayonlar
Davlat milliy siyosati. 
XX asming ikkinchi yarmida sobiq Af­
rika mustamlakalari mustaqil davlatlarga aylandi. Agar Ikkinchi ja- 
hon urushi arafasida qit’ada bor-yo‘g‘i 3 ta mustaqil davlat b o ig an
b o isa, hozirda 53 ta Afrika davlatlari BMT a’zolaridir. Qora Afrikada 
ilk mustaqillikka erishgan Gana (1957-yil) b o isa , eng oxirgisi -- bu 
Namibiyadir (1990-yil). Ko‘p millatli, elatli davlatlarda dastlabki 
davrlarda boshqarav m aiu m bir xalq vakillari q o iig a o‘tib qoladi. 
Jumladan, Kongoda - kongo, K ot-divuarda - biule, Syerre-Leoneda 
- ternne, Nigeriyada - xausa va yoruba, fulbelar yetakchi mavqeda 
boiganlar. Ko'plab davlatlar m aiu m etnik belgisiga qarab qo‘shin 
tuzish, m aium tilni davlat tili sifatida o‘tkazish etnoslararo moja- 
rolaming boshlanishiga olib keladi. Natijada Nigeriya, Uganda va 
h.k. davlatlarda davlat to'ntarishlari. fuqarolar urashlari avj oladi. 
1963-yili tuzilgan Afrika birligi tashkiloti yangi mojarolarga yo‘1 
qo‘ymaslik uchun davlat chegaralarini qaytadan ko'rmaslikka qaror 
qiladi. Deyarli barcha Afrika davlatlari mamlakatda o'z fuqarolaridan 
yagona millat yaratish maqsadini e io n qilganlar. Hayotda bu shiorni 
amalga oshirish murakkabligi tez orada m aiu m b oidi. Sababi etnik 
jarayonlar bir xil yo‘nalishda faqat assimilatsiya, konsolidatsiya, in- 
tegratsiya shaklida namoyon boiayotgani yo‘q. Ayrim mamlakatlar­
da yuzlab etnoslaming b o iish i mavjud holatda, siyosiy va ijtimoiy 
barqarorlikning boim asligi ham muammolami kuchaytirmoqda. Et­
nik yangilanish, odatda, biror-bir yetakchi etnos atrofida sodir boiishi 
lozim. Kot-divuarda bu vazifani baule, Malida - bamana, Nigeriyada 
xausa, ibo va yoruba, Kongo Demokratik Respublikasida - kongo 
valuba va h.k.lar bajaradi. Konsolidatsiya va integratsiya jarayonlari 
etnoslararo munosabatlar uchun birorta tilni tanlashga, jumladan Tan- 
zaniya va Keniyadagi suaxili tili singari qabul qilinishiga erishiladi.
Etnik yaqinlashuvda polietnik muhitda birgalikda mehnat faoli- 
yati olib borish muhim rol okynaydi. Aholining aralashuvi tobora 
faollasha boradi. Oldingi asrda boshlangan dastlab vaqtinchalik, 
so‘ng qishloq xo‘jalik ishchilarining doimiy migratsiyasi qo‘shni
74


mamlakatlardan Ganaga, Gvineyaga, Kot-d'Ivuarga kofe va какао 
plantatsiyalariga, Ugandaga banan plantatsiyalariga davom etmoqda. 
Mis tasmasi Kongo Demokratik Respublikasi, Zambiya, Zimbabve, 
JAR tog‘-kon sanoati korxonalari ham muhojir ishchilami o‘ziga jalb 
etib kelmoqdalar. XX asming so‘nggi choragida boshlangan ko‘p 
yillik qurg‘oqchilik cho‘l va dasht aholisini uzoq-uzoq hududlarga 
ko‘chishga majbur etdi. Xususan, tuareglami Gvineya sohili shahar- 
larida uchratish mumkinligi aynan qurg‘oqchilik bilan izohlanadi.
Afrikada boshqa qit'alarga nisbatan shahar aholisining o‘sishi tez 
bormoqda. Qishloqlardan shaharlarga ko‘chib o‘tgan aholi vakillari 
dastlab o ‘zlarini begona his qilib, turli hamkorlik tashkilotlarini tuza- 
dilar. Lekin urbanizatsiya, ulaming yaqinlashuvi asosiy etnos milliy 
ongini o‘zlashtirishga majbur etadi. Qolaversa, shahar hayoti aralash 
nikohlarga yo‘l ochib, assimilatsiya jarayonlarini kuchaytiradi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin