Markaziy Arabiston badaviylaridan tashqari barcha ko‘chmanchilar
Bhorvachilikdan tashqari mayda yer maydonlarida sabzavot, ba’zida
ttpa ekadilar. Lekin bu mahsulotlar yetarli bo‘lmagani uchun zarur miq-
dordagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini vohalardagi bozorlardan sotib
Olishadi. Chorvadorlar mollardan tashqari turli buyumlar - gilam, kigiz,
Jun
matolar, teri va h.k.larni bozorga chiqaradilar. Arab dunyosida XX
asrning 70-yillaridan keskin industrlashtirish, neft qazib olish, undan
kelgan daromadlami bank-moliya tizimiga qo‘yish orqali ulkan rivoj-
lanishga erishildi. Ayni chog‘da chorvachilik sohasida kasodga uchrash,
o‘z joylarini tashlab qishloq va shaharlarga ketish hollari ham keskin
0‘sdi. Natijada o‘tmishda chorvador bo‘lgan aholi yollanma mehnatga
o‘tishga yoki ishsizlar qatorini to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda.
Ko‘chmanchi chorvadorlar yil bo‘yi yaylovdan yaylovga ko‘chib
Xo‘jalik yuritadi. Tekisliklarda nomadlar odatda yozda shimolga,
qishda janubga tomon yaylov izlashadi. Tog‘li hududlarda ular qishni
vohada yem-hashak, yoqilg‘i topiladigan joylarda, bahor-yozni esa
tog‘lardagi alp o‘tloqlarida o‘tkazishga odatlanganlar. Shu tariqa
mavsumlar almashadi. Ko‘chish masofalari tabiiy sharoitga bog‘liq
bo‘lib, Markaziy Arabiston badaviylari tuyalari bilan bir yilda 2-2,5
ming km masofani bosib o‘tadilar. Ayni paytda Suriya va Iraq qo‘ychi-
cho‘ponlari, aksincha, vohalar atrofida harakatlanib ulardan uzoqqa
ketishmaydi. Yozda badaviylar tuya uyurlarini suv serob vohalarga
yaqin joylarga haydab kelishsa, qishda cho‘lning ichki hududlariga
ketishadi. Badaviylar tuyaning bir o‘rkachli - dromedarlar zotini
boqishadi. Janubiy Afg‘oniston pushtunlari ham uzoq masofalarga
ko‘chishadi. Turkiya va Eron nomadlari bosib o ‘tadigan masofalar
esa, aksincha, nisbatan qisqa bo‘lgan. Xususan, ayrim turkman chor-
vadorlari quduqlari tevaragidan uzoqlashmasdan bir yilda atigi bir ne
cha kilometrga siljiydilar. Tog‘li chorvadorlar ko‘chishlari ham qisqa
muddatli va qisqa masofalarga bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: