Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

7.2. Etnik tarix
Ozarbayjonlar. 
Ozarbayjon tilining turkiy guruhga kirishi, uning 
turk tiliga yaqinligi mazkur etnosning kelib chiqishi nisbatan sodda 
ekanligi tasawurini tug‘diradi. Aslida hudud uzoq o‘tmishda ikki 
qismga bo‘lingan. Nura daryosidan shimoldagi o ik a Albaniya deb 
nomlangan. U etnik jihatdan rang-barang b o iib , aholisi: alban, utiy- 
udin, leg-lezgin (jami 26 ta qabila) tillarida so‘zlashganlar. Qadimgi 
qabilalardan biri kaspiylar keyinchalik boshqa xalq bilan aralashib ke- 
tib, o‘zlaridan dengiz nomini qoldirganlar. Miloddan avvalgi I asrda 
hudud Parfiya bosqiniga uchragan. Keyinchalik Albaniyada mahalliy 
davlat vujudga keladi. Uning g‘arbiy qismida IV asrdan xristianlik 
tarqaladi. Yozuv V asr boshida paydo boiadi.
Kuradan janubdagi viloyatlar Atropatena deb nomlangan. Milodiy 
III asrda Eron dastlab Atropatenani, so‘ng Albaniyani bo‘ysundirdi. 
O ikada o‘z mavqeyini kuchaytirish maqsadida forslar talaygina Eron 
tilli aholini ko‘chirib keltiradi. Ushbu aholi tatlar deb (turkiylar tomo­
nidan turk boim agan aholiga nisbatan qoilangan atama) nomlangan. 
Qadimgi forslar ushbu mamlakatni Ader Badagan, armanlar - Atrxo- 
takan, arablar - Ader Bayjon yoki Ozarbayjon, «Olov mamlakati» deb 
nomlaganlar. Ushbu hududda qadimdan yashab, qadimgi ozarbayjon 
etnosiga asos boigan aholi hind-yevropa til oilasining Eron guruhiga 
mansub boiib, ularning tili hozirgi talish tiliga yaqin edi.
Arab xalifaligi istilosi VII asrning boshidan islom dini, arab yo- 
zuvining joriy etilishiga olib keldi. Qarshiliklarga qaramasdan islom 
dini mustahkam o‘rin oladi. Kavkazda XI-XII asrlarda saljuqiy turk­
lar o‘z hokimiyatini o ‘rnatadilar. Turklar hukmronligi davrida turkiy 
til mahalliy aholi hayotiga singadi. Natijada XIII asrda o ‘g‘uz qabi-
96


lalarining yangi to‘lqinlari bilan birlikda hududda turkiy tilli ozarbay- 
jon jamiyati uzil-kesil shakllanadi. Ozarbayjonlar tarkibida afsharlar, 
qorapapaqlar, shohsevanlar va h.k. subetnoslar mavjud.
Respublika hududida o‘zga etnoslar: talishlar, kurdlar, kavkaz 
tilli - udinlar, buduglar, xinoliqlar va boshqalar ham yashaydilar. 
Diniy jihatdan aholi musulmon. arman-grigorian va yahudiy (tog‘li 
yahudiylar) diniy konfessiyalariga mansubdir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin