Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Armanlar 
(o‘zlarini «хау» deb ataydilar) dunyodagi eng qadimgi 
xalqlardan biridir. Arman tog‘lari qabilalarining birlashuvida arman- 
larning hind-yevropalik ajdodlari Homer dostonidagi arimilar muhim 
rol o‘ynagan bo‘lishlari ehtimol. Ular yashaydigan hududlar Xett 
podsholigiga kirgan. Xettlar frakiylar zarbalaridan (mil. avv. XIII asr 
boshlari) parchalangach, armanlarning qadimgi hind-yevropalik aj­
dodlari xettlar va boshqa qabilalar bilan aralashib yangi - qadimgi 
arman tilida so‘zlashuvchi etnosga asos soladi. 0 ‘sha asrda ular Os- 
suriya viloyati Shupriyaga bostirib kiradi. Bu hududda Armina nomi 
bilan qadimga arman qabilalarining ikkinchi ittifoqi vujudga keladi. U 
Arman tog‘laridagi qabilalaming qadimgi arman elatiga birlashishiga 
asos bo‘ladi.
Ossuriya bilan urushlarda birlashgan qabilalar mil. avv. IX asrda 
kuchli Urartu podsholari xalqlarini zo‘ravonlik bilan ko‘chirish siyo­
satini olib borganlar. Xususan, Arik-Shupriya viloyati arman qabi­
lalari Ararat vodiysiga ko‘chiriladi. Bu xildagi siyosat armanlar ya­
shaydigan hududlarni kengaytiradi. Poytaxti Tushna shahri bo‘lgan 
(Van ko‘li bo‘yida) Urartu davlatini mil. avv. VIII asrda Ossuriya istilo 
qiladi. Urartuning butunlay tugatilishi mil. avv. 590-yili Eron Midiya- 
si bosqini bilan bog‘liqdir. Mil. avv. II - milodiy IV asrlarda Artashes 
sulolasi boshchiligida Buyuk Armaniston davlati qayta tiklanadi. Le­
kin 387-yili bu davlatni qo‘shni Sosoniylar Eroni va Vizantiya bo‘lib 
oladi. Arab xalifaligi VIII asr boshida armanlar yashaydigan hudud­
larda noiblik tuzadilar. Keyinchalik Armaniston Vizantiya, Saljuqiy 
turklari, so'ng mo‘g‘ullar, XVI-XIX asrlarda turk-eron hukmi ostida 
bo‘ladi. Aynan ushbu davrda armanlarga qarshi siyosat ulaming qo-
97


chib butun dunyoga tarqalishiga olib keladi. Shunga qaramasdan ar­
manlar o‘z tili, madaniyati va yozuvini saqlab qoladilar.
Sharqiy Armaniston (Yerevan shahri bilan) 1801-1828-yillari 
Rossiyaga qo‘shib olinadi. G‘arbiy Armaniston Turkiya tarkibida qo- 
lib, Birinchi jahon urushi paytida qirg‘in uyushtirilgani sababli yana 
qochib jon saqlashga majbur bo‘ladi. Turkiya 600 ming armanni 
uning tarkibida bo‘lgan Iroq va Suriyaga ko‘chirgan. Bir necha yuz 
ming arman turkiylashtirilib islomga o‘tkazilgan. Uch yuz yetti ming 
arman Sharqiy Armaniston va Rossiyaning boshqa joylaridan boshpa- 
na topishgan.
Aynan tarixiy-siyosiy taqdir tufayli armanlarning cherkesogai 
(tog‘li armanlar yoki cherkes armanlari) subetnos guruhlari pay do 
bo‘lib, ularga eron tilli arman tatlar, franglar (arman katoliklar), ar­
man yunonlar (satlar yoki xalnidonitlar), yangi naxichevan (don) ar­
manlari, tumbulliklar (arman darveshlar) va boshqalar kiradi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin