larda sholidan iborat. Kavkaz bug'doyning o‘nlab navlari vatanidir.
Dukkakli ekinlar, xususan, lobio ekiladi. Sabzavotlardan pomidor,
qalampir, baqlajon, piyoz, sarimsoqpiyoz, ko‘katlar va hokazolar
yetishtiriladi. Lekin mahalliy dehqonchilikning asosiy xususiyatli ji-
hatlari bog‘dorchilik va uzumchilikdir. Subtropik rayonlarda sitrus,
shaftoli, tut, yong‘oq va boshqa daraxtlar parvarishlanadi. Uzum-
chilik iqlim imkon beradigan barcha hududlarda mavjud. Lekin eng
hosildor hudud Kaxetiya (Gruziya)da joylashgan. Abxaziya, Ajari-
yalarda choy ekiladi.
Chorvachilik ham yuksak rivojlangan. Vohalarda molni bog Tab
Dg‘ilxonada boqish, adir, tog'oldi va to g ii hududlarda cho‘ponlar
yordamida yaylovga haydab boqish usuli qo‘llaniladi. Yirik shoxli
mol,
otlar, qo‘y-echki, eshaklar boqiladi. Xristian aholi to‘ng‘iz ham
parvarishlaydi. Uy parrandalari qishloq sharoitida barcha aholi to
monidan saqlanadi.
Kavkazda qadim davrlardan hunarmandlikning yuzlab sohalari:
kulolchilik, temirchilik, to‘quvchilik va hokazolar rivojlanib kelgan.
Gilam to‘qish barcha hududlarda bo‘lsa-da, Ozarbayjonda ayniqsa
rivojlangan.
Barcha respublikalarda zamonaviy sanoat, jumladan qayta ishlash
sanoati barpo etilgan. Ozarbayjonda neft va uni qayta ishlash, Gru-
ziyada mineral qazilmalar olinadi. Armanistonda qurilish toshi tay-
yorlanadi. Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston iqtisodiyotiga Qora va
Kaspiy dengizi sohilidagi kurortlar va sogMomlashtirish muassasalari
katta daromad keltiradi.
Dostları ilə paylaş: