Hunarmandchilik ishlab chiqarishi ko‘p sonli hunarmandlar toi-
fasiga ehtiyoj tug‘dirgan, ular sexlarga birlashganlar (Gruziyada), bir
qismi esa qishloq dehqonlari jamoasiga kirgan.
Kavkaz xalqlarining barchasi uchun dehqonchilik jamoalari xu-
susiyatli bo‘lgan. Ayni paytda jamoa tizimiga ko‘p sonli qarindosh-
lar jamoasi birlashtirgan murakkab tarzdagi
oilaviy munosabatlar
(patronimiya) chirmashib ketgan. Yirik patriarxal oilalar katta yosh-
dagi erkaklar hukmronligi tasavvurlari ruhida tarbiya, qarindoshlik,
o‘zaro yordam muqaddas
tamoyillari va majburiyatlari, qon uchun
xun olish (o‘ch olish)ning majburiy odatligi (masalan, abxazlarda)
haqidagi an’analami saqlab kelishgan. Shimoliy Kavkazdagi singari
Kavkazda ham otaliqlar odati tarqalgan. Bu odat bilan megrellar va
abxazlar oilalari bogiangan edi. XIX asrdan otaliqlikning yangi turi
yuksalib, 9-10 yoshli bolalami 1-2 yilga boshqa millat vakili oila
siga berishgan. Bola ushbu davrda oila a’zolariga
yordam berish
barobarida ularning tillarini ham o‘rgangan. XIX asr oxirida megrel
lar o‘g‘illarini rus oilalariga til o‘rganishga berishgan. Qo‘noqlik (bi-
rodarlik) va milliy aralash nikohlar orqali XIX-XX asrlarda oikada
madaniyati a r integratsiyasi jarayoni kechgan. Bunga deyarli ikki asr
davomida davlatlar orasida chegaralarning boim asligi ham ko‘mak
bergari. XX asming 80-yillaridan boshlab Tog‘li Qorabog4 muxtor
viloyatidagi etnik mojarolar kuchayib
Armaniston va Ozarbayjon
orasidagi ochiq urushga aylandi. T ogii Qorabog‘ o‘zini Armaniston
tarkibiga o‘tganligini e’lon qiladi. Ushbu muammo yaqinda nihoyat
o‘z yechimini topdi. Yuz minglab qorabog1 lik ozarbayjonlar qochoq
sifatida yashashga majbur bo‘lib keigan edilar.
Oila yoshlarda o‘zini qanday tutish qoidalarini tarbiyalagan, erkak
va ayollar turli ijtimoiy rollami bajarishlari tamoyillarini singdirgan.
Urf-odat, udumlarga qat’iyan rioya qilish lozimligi uqtirilgan.
To‘y va dafn marosimlari, tug‘ilish va ism qo‘yish bilan bogiiq
udumlarga ham rioya qilingan. Odatda, nikoh to‘ylari sovchilik
orqali amalga oshirilgan. Lekin to‘ydagi
katta xarajatlarga qurbi
yetmaydigan oilalarda kelinni olib qochish hollari ham uchragan.
Ozarbayjonlarda chaqaloqligida unashtirish hollari ham bo‘lgan.
105
Ozarbayjonlarda yigitlar nikoh yoshi 18-20, qizlamiki 17-18 yosh
bo‘lgan. Gruzinlarda har ikki jins vakillari uchun nikoh 19-25 yosh
bo‘lgan. Armanlaming ko‘pchiligida nikoh yoshi ham deyarli shu
tarzda boMsa-da, erta nikohlar ham uchrab turgan. Xristian! ikka man
sub aholida oilalar monogam ko‘rinishda bo‘lgan. Musulmonlarda
ko‘p xotinlikka ruxsat bo‘lsa-da, amalda faqat boylar, savdogarlarda
poligamiya holatlari uchragan.
Nikoh marosimi ko‘p vaqt davom etadigan, tizimi va ishtirokchi-
lari murakkab tarkibli marosimdir. Gruzinlarda to‘y
rahbari - ejibi
tayinlangan. Ozarbayjonlarda kuyov tomon kelin uchun boshliq deb
nomlangan qalin puli to‘ lagan. Bu haqda nikoh shartnomasida (kebin)
kelishib olingan.
To‘y va boshqa diniy marosimlar, bayramlar, odatda, jamoatchilik
uchun muhim voqea hisoblangan. Ularda faqat qarindoshlar, qo‘-
shnilar emas, jamoaning talay qismi, butun qishloq aholisi yoki ma-
halla ahli ishtirok etgan.
Dostları ilə paylaş: