Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Qishloq xo‘jaligi. 
Kavkaz xalqlari ko‘plab umumiylikka ega. 
Tog
‘larda joylashgan aholi manzillari odatda yirik emas va rejali 
qurilmagan. Uylar bir-biriga jips qurilishi (xususan, togTi Tusheti- 
yada) yoki siyrak (Abxaziyadagi singari) joylashishi mumkin. Uy­
lar o‘z tarhi bo‘yicha ham, ishlatiladigan qurilish ashyolariga qarab 
ham (tosh, bo‘yra, yog‘och) farqlanadi. Svanetiya va Tushetiyada 
o‘tmishda toshdan mudofaa minoralari qurilgan. Kavkazoldi xalqlari 
majmuyining o‘ziga xosligi ularning yashash va xo‘jalik xonalari 
ko‘pligidadir. Ozarbayjonda turar joy lar atrofi baland loydan de-
101


vor bilan o‘ralib, bu oilaviy hayotni begona ko‘zlardan saqlashga 
m oijallangan. Kavkazoldi shaharlar mamlakatidir. Mamlakatlar 
poytaxtlari - Boku, Yerevan, Tbilisi qadimgi shaharlar, ular hozirgi 
millatlami shakllantirishda katta rol o‘ynagan. Misol tariqasida Gru- 
ziya poytaxti Tbilisini tavsiflash mumkin. Tbilisi milodiy IV asrda 
issiq suvli oltingugurtli buloq yaqinida («tpili» gruzinchadan issiq 
degan ma’noni anglatadi) qurilib, undan shahar hammomlarida foy- 
dalanilgan. Ko‘p o ‘tmay shahar hunarmandchilik markaziga, X IX - 
XX asrlarda sanoat, oliy ta’lim, ilm-fan va madaniyat shahriga ayla­
nadi. Tbilisi gruzinlar shahri boTishiga qaramasdan, unda armanlar, 
ozarbayjonlar, yunonlar, yahudiylar va boshqa millat vakillari ya­
shaydi. U XX asrda hunarmand-ustalar ish topadigan joyga aylanib, 
ular turli millat vakillari boTganlar. Yunon sangtarosh ustalari, eron- 
lik g‘isht teruvchi va suvoqchilar, arman hunarmandlar, meshkopchi- 
lar - suv tashuvchilar va hokazolar boTgan.
Aholining ijtimoiy tarkibi tarixan o‘zgarib borgan. Knyazlar, 
ruhoniylar, boy savdogarlar shahardagi eng yaxshi hovlilar, bog Tar, 
ekin maydonlariga egalik qilganlar. Hunarmandlar shahar chekkala- 
rida joylashganlar. Ular sexlarga birlashganlar. Shaharlar hayotida 
suv tashuvchilar katta o‘rin tutgan. Aholining o'ziga xos guruhi kinto -
sayyor savdogarlar kiyimlari, jargonlari bilan ajralib turganlar.
Zamonaviy Tbilisi aholisi 1 milliondan ko‘p. Gruziya Yevropa 
hamjamiyatiga intilayotgan respublika poytaxti. Unda ko‘plab sano­
at korxonalari, ilmiy muassasalar, universitet, Fanlar akademiyasi
o‘nlab oliygohlar, ko‘plab kutubxona va muzeylar, ular qatorida ik- 
kita etnografiya muzeyi mavjud.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin