moniylar davlatining uch yuz yillik hukmronligi boshlanadi. Islom
dini aynan shu davrda tarqalgan.
Abxaziyadagi etnik jarayonlar va demografik vaziyatga qul sav-
dosi katta ta’sir etgan. Bu jarayon antik
davrda boshlanib turklar
hukmronligi paytida keng tus olgan. Qulchilik faqat abxazlar emas,
ularga
qardosh b o ig an abazin, cherkes, adig, shimoliy-g‘arbiy den
giz sohilida yashagan ubixlarga ham ta’sir etgan. Bosqinlarda chiroyli
bolalar va qizlar asirga olinib. o‘g ‘il bolalar yanicharlar,
qizlar esa
turk zodagonlari haramlariga olingan.
Kavkaz urushlaridan so‘ng abxazlar va boshqa mahalliy xalqlar-
dan islomni qabul qilganlar ommaviy
ravishda Turkiya sultonligi
ichki viloyatlariga muhojirlikka ko‘chganlar. Natijada Abxaziya o‘z
aholisining talay qismidan ajraladi. Bugungi kunda muhojir kavkaz-
lik xalqlar avlodlari Turkiya, Iroq, Suriya, Iordaniya davlatlarida yas-
hamoqdalar. Rossiya imperiyasi Abxaziyani 1877-yildagi Turkiya
bilan urushdan keyin egallaydi. Abxaz yozuvi rus olimi RUslar to
monidan XIX asr oxirida yaratilgan. XX asrda sovet tuzumi davrida
Abxaziya shaharlari butunittifoq kurortlariga aylantiriladi.
Dostları ilə paylaş: