Diniy taqiqlar tasviriy san’atning barcha usullari (ayniqsa, inson-
Ur tasvirini chizishda) yuksalishiga yo‘1 qo‘yilmagan bo‘lsa-da, Eron
Bliniaturasi (Hirotdagi Behzod maktabi), hattotlik, gilamdo‘zlik, gulli
mato to‘qish va boshqalar yuksak cho‘qqilarga erishgan.
Badiiy adabiyot qadimdan boyligi va o‘ziga xosligi
bilan ajralib
turgan. Ulardan Umar Xayyom ruboiylari (XI-XII asr), Abulqosim
Firdavsiyning (X-XI asr) «Shohnoma», Hofiz Sheroziyning (XIV
asr) link sbe'rlarini eslatish kifoya. «Ming bir kecha»
ertaklari faqat
Sharq emas, G ‘arb dunyosi ahlini ham lol qoldirib kelmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Old (G‘arbiy) Osiyo aholisining etnik tarixi,
qadimgi sivili-
zatsiyalari haqida nimalarni bilasiz?
2. G‘arbiy osiyoliklarning irq va til tavsifini so‘zlab bering.
3. Aholining an’anaviy va zamonaviy xo‘jaliklari xususiyatlari ni-
malardan iborat?
4. Old osiyoliklar moddiy madaniyatlariga etnik jarayonlar ta’siri
qanday ko'rinishlarda ro'y bermoqda?
5. G ‘arbiy osiyoliklarda oila, ijtimoiy
munosabatlarning qanday
xususiyatlarini bilasiz?
6. Din va ma’naviy madaniyat haqida so'zlab bering.
93
7-BOB. KAVKAZORTI ETNOLOGIYASI
Etnologik klassifikatsiyada Kavkazorti xalqlari doimo Rossiya
imperiyasi, so‘ng
Sovet davlati, mustaqillikdan keyin ham Ros
siya Federatsiyasi tizimida o‘rganilgan. Kavkazorti atamasini ham
ilmiy adabiyotlarga rus olimlari kiritgan bo‘lib,
bu geografik jihat-
dan noto‘g‘ri. Geografik klassifikatsiya bo'yicha ushbu hudud Old
Osiyoga tutash va Kavkazoldi deb nomlanishi to‘g‘ri bo‘ladi. Biz
qo‘llanmada ushbu xatoni to‘g‘rilashga qaror qildik.
Kavkazorti va unga tutash hududlar Injildagi «Dunyoni
suv bosi-
shi (to‘fon)» haqidagi rivoyat bilan bevosita bog'liq. Nuh payg‘ambar
dunyoni suv bosganda o‘simliklardan, heir bir jonivordan bir-bir juft-
dan olib o‘z kemasida Arofat tog‘iga suzib kelib jon saqlaganligi yozil-
gan. Suv pasayib yer ochilgandan keyin Nuhning avlodlari ko‘plab
xalqlar, shu jumladan, Kavkazoldi xalqlariga ham asos bo‘lganlar.
Yunonlar rivoyatiga ko‘ra, Zevs Prometeyni
odamlarga uning rux-
satisiz olov bergani uchun jazolashi,
Gefest tomonidan Kavkazdagi
qoyaga zanjirband etilgani hikoya qilinadi. Yunonlarning «Argonavt-
lar» haqidagi afsonasida Yason va uning jangchilari Kavkazga oltin
terini izlab kelishadi.
Kavkazning o‘zida ham ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratilgan.
Ulardan biridaElbrusga-K avkaz tog‘larining eng baland cho‘qqisiga
gruzinlar Prometeyi - Amirani zanjirband qilingan.
Afsonalar va rivoyatlar asosida hududdagi
etnoslar va ularning
madaniyatlarining shakllanishi murakkab tarixini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: