Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Ma’naviy badiiy madaniyat



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Ma’naviy badiiy madaniyat. 
Old Osiyo xalqlari jahon sivilizatsi- 
yasigabebaho madaniy hissa qo‘shib, uyozma, og‘zaki xalq ijodiyoti, 
musiqa, qo‘shiqlar, raqslar, tasviriy san’at va h.k.lardan iborat.
92


Diniy taqiqlar tasviriy san’atning barcha usullari (ayniqsa, inson- 
Ur tasvirini chizishda) yuksalishiga yo‘1 qo‘yilmagan bo‘lsa-da, Eron 
Bliniaturasi (Hirotdagi Behzod maktabi), hattotlik, gilamdo‘zlik, gulli 
mato to‘qish va boshqalar yuksak cho‘qqilarga erishgan.
Badiiy adabiyot qadimdan boyligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib 
turgan. Ulardan Umar Xayyom ruboiylari (XI-XII asr), Abulqosim 
Firdavsiyning (X-XI asr) «Shohnoma», Hofiz Sheroziyning (XIV 
asr) link sbe'rlarini eslatish kifoya. «Ming bir kecha» ertaklari faqat 
Sharq emas, G ‘arb dunyosi ahlini ham lol qoldirib kelmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Old (G‘arbiy) Osiyo aholisining etnik tarixi, qadimgi sivili- 
zatsiyalari haqida nimalarni bilasiz?
2. G‘arbiy osiyoliklarning irq va til tavsifini so‘zlab bering.
3. Aholining an’anaviy va zamonaviy xo‘jaliklari xususiyatlari ni- 
malardan iborat?
4. Old osiyoliklar moddiy madaniyatlariga etnik jarayonlar ta’siri 
qanday ko'rinishlarda ro'y bermoqda?
5. G ‘arbiy osiyoliklarda oila, ijtimoiy munosabatlarning qanday 
xususiyatlarini bilasiz?
6. Din va ma’naviy madaniyat haqida so'zlab bering.
93


7-BOB. KAVKAZORTI ETNOLOGIYASI
Etnologik klassifikatsiyada Kavkazorti xalqlari doimo Rossiya 
imperiyasi, so‘ng Sovet davlati, mustaqillikdan keyin ham Ros­
siya Federatsiyasi tizimida o‘rganilgan. Kavkazorti atamasini ham 
ilmiy adabiyotlarga rus olimlari kiritgan bo‘lib, bu geografik jihat- 
dan noto‘g‘ri. Geografik klassifikatsiya bo'yicha ushbu hudud Old 
Osiyoga tutash va Kavkazoldi deb nomlanishi to‘g‘ri bo‘ladi. Biz 
qo‘llanmada ushbu xatoni to‘g‘rilashga qaror qildik.
Kavkazorti va unga tutash hududlar Injildagi «Dunyoni suv bosi- 
shi (to‘fon)» haqidagi rivoyat bilan bevosita bog'liq. Nuh payg‘ambar 
dunyoni suv bosganda o‘simliklardan, heir bir jonivordan bir-bir juft- 
dan olib o‘z kemasida Arofat tog‘iga suzib kelib jon saqlaganligi yozil- 
gan. Suv pasayib yer ochilgandan keyin Nuhning avlodlari ko‘plab 
xalqlar, shu jumladan, Kavkazoldi xalqlariga ham asos bo‘lganlar. 
Yunonlar rivoyatiga ko‘ra, Zevs Prometeyni odamlarga uning rux- 
satisiz olov bergani uchun jazolashi, Gefest tomonidan Kavkazdagi 
qoyaga zanjirband etilgani hikoya qilinadi. Yunonlarning «Argonavt- 
lar» haqidagi afsonasida Yason va uning jangchilari Kavkazga oltin 
terini izlab kelishadi.
Kavkazning o‘zida ham ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratilgan. 
Ulardan biridaElbrusga-K avkaz tog‘larining eng baland cho‘qqisiga 
gruzinlar Prometeyi - Amirani zanjirband qilingan.
Afsonalar va rivoyatlar asosida hududdagi etnoslar va ularning 
madaniyatlarining shakllanishi murakkab tarixini kuzatish mumkin.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin