Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Oila va ijtimoiy munosabatlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

6.4. Oila va ijtimoiy munosabatlar
Oilaviy hayot. 
Ommaviy hayotning barcha qoidalari va odatlari 
Old Osiyoda din me’yorlari hamda udumlar bilan belgilanadi. Ya- 
gona istisno Turkiyaning nisbatan o‘qimishli aholisi diniy qoidalarga 
to iiq rioya qilmaydi. Islomga e’tiqod qiluvchi aholi oilaviy turmushi 
boshqa din vakillaridan keskin farq qiladi.
Oila-nikoh munosabatlarida shariatga ko‘ra, poligamiya - ko‘p 
xotinlikka ijozat berilgan. Lekin amalda bu odatga munosabat bir xil 
emas. Xususan, Turkiyada xotin-qizlar qonunga ko‘ra erkaklar bilan 
bir xil huquqqa ega. Eron va arab mamlakatlarida ayollar mavqeyi
89


past. Qishloq aholisida qalin ham saqlangan bo‘lib, uni to iag an oila- 
larda ayollar huquqi yana ham past. K o‘chmanchi chorvadorlar oila- 
larida ayollar mavqeyi (ayniqsa, o‘g‘il farzandlari b oisa) birmuncha 
yuqori. Shariat ko‘p xotinlikka ijozat bersa-da, amalda bu qoidadan 
boy savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylar, boy dehqonlar, qabila 
boshliqlari, ba’zida ayoli taklifi bilan uylanish hollari uchraydi.
Ijtimoiy munosabatlar. 
Nomadlarda an’anaviy va iiatto arxaik 
jamoaviy munosabatlar yaxshi saqlangan, mollar har bir oilaning 
xususiy mulki, ayni paytda yaylovlar, suv manbalari jamoat mulki 
sanaladi. Chorvadorlar orasida boy, o‘rtahol kambag‘allari ham 
bo‘lib, ularning barchasi nisbatan erkin, o‘z qabila boshliqlariga ular 
xilof ish qilmasalargina bo‘vsunadilar. Chorvadorlarda davlat, sinfiy 
jamiyat hech qachon bo‘lmagan, bosqinchilik urushlarida vujudga 
keigan «ko‘chmanchilar ittifoqlari», bosqinlar yakun topishi bilan 
parchalanib ketgan ko‘chmanchilarda hozir ham qo‘shnichilik o ‘zaro 
yordami, jamoa-qabila demokratiyasi hukm surib, barcha muammo- 
lar oilalar boshliqlari majlisida hal etiladi. Xun talab qilish, ko‘plab 
eski odatlar saqlangan.
Old Osiyo mamlakatlari aholisi jamoat hayotida qishloq jamoala- 
rining ahamiyati saqlanib qolmoqda. Odatda, bitta yoki bir nechta 
qishloqlar aholisini birlashtirgan jamoalar asrlar davomida mahalliy 
boshqaruv vazifasini o‘tab keigan. Qishloq jamoasi faoliyatiga mas- 
jid mullasining, oqsoqollar, shariat sudining ta’siri katta b o iib , ularda 
oilaviy, oilalararo, jamoa hayotiga oid bahsli masalalar bamaslahat 
hal etiladi.
Ko‘chmanchi-chorvadorlaming bir qismini o‘troq hayotga o‘tishi 
bilan qabilaviy tashkilotlar asta-sekinyo‘qolib, faqat hayotning ayrim 
jabhalari, xususan, oila-nikoh munosabatlarida saqlanmoqda. Jum­
ladan, nikohning endogam boiishi nazorat qilinadi. Bu qoidaning 
buzilishi qoralash va hatto jazolashgacha borib yetishi mumkin.
Shu tariqa jamoat munosabatlari Old Osiyoning turli xalqlari va 
zamonaviy mamlakatlarida turlicha shaklda, ko‘rinishda faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Turkiya va Isroilda taraqqiy etgan kapitalistik muno-
90


labatlar shakllangan bo‘lsa, Eron va Afg‘onistonda feodal-patriarxal 
munosabatlar ulaming jamoa hayotida namoyon bo‘lishini kuza- 
tishimiz mumkin. Eski odat, udumlarning saqlanishiga musulmon 
jllamolari va ular bilan aloqadagi fundamentalistlar o‘z hissalarini 
qo‘shmoqdalar. Suriya va Iroqdagi fuqarolar urushlari, Islom dav- 
latining 2014-2017-yillardagi faoliyati yuqoridagi fikrlarimizni tas­
diqlaydi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin