Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Din va ma’naviy madaniyat. Din



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

6.5. Din va ma’naviy madaniyat. Din
Old Osiyo bir necha dinlaming vatanidir. Ulardan biri - zardush- 
tiylik qadimda va o‘rta asrlarda Eron, Afg‘oniston, O rta Osiyo, 
Ozarbayjon va boshqa yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlarida tarqal­
gan. Hozirda otashparastlardan porslar Hindistonda, gerblar Eronda 
yashamoqda. Zardushtiylaming muqaddas kitobi «Avesto», bosh 
ilohi - Axuramazda. Dinning asosiy g‘oyasini dunyoda mavjud ikki 
kuch: ezgulik va yovuzlik orasidagi kurash tashkil etib, unda ezgulik 
g‘alaba qilishi aytiladi. Zardushtiylami otashparastlar ham deyishadi, 
sababi ulaming marosimlarida olovning o‘mi beqiyosdir.
Undan tashqari, Old Osiyo ikki dunyo dinlari - xristianlik va islom 
vujudga kelgan joydir. Qolaversa, ilk monoteizm - yakka xudolikka 
asoslangan yahudiylik, uning muqaddas kitobi Injil ham Old Osiyoda 
yaratilgan. Milodiy VII asming boshlarida Arabiston yarimorolida 
islom dini targ‘ibot qilina boshlandi. Alloh Muhammad payg‘ambar 
(s.a.v.)ga islom dinining muqaddas kitobi Qur’onni nozil qildi. Arab 
xalifaligining tashkil etilishi bilan teokratik boshqamv - diniy va dun- 
yoviy hokimiyatlaming qo‘shilishi sodir bo‘ldi.
Old Osiyoning ko‘pchi!ik aholisi bugungi kunda islomning turli 
mazhablariga e’tiqod qiladi. Musulmonlar qator qoida va taqiqlarga 
rioya qilishlari lozim. Besh vaqt namoz, ro‘za tutish, faqat halol taom­
lar, oziqlami iste’mol qilish va h.k.lar talablar qatorida musulmonlar 
har yili diniy soliq - zakot to‘lashlari, musallas ichmasliklari, imkon 
topilsa Makkaga Haj safariga borishlari lozim.
91


Musulmonlaming ko‘pchiligi islomnmg ikki mazhabi - sunniy- 
lar va shialarga mansubdir. Sunniy yo‘nalishiga arablar, turkmanlar, 
kurdlaming bir qismi va belujiylar, pushtular va yana qator xalqlar ki­
radi. Shialar - forslar, ozarbayjonlar, kurdlaming bir qismi, Suriya va 
Iroq arablaridan iborat. Saudiya Arabistoni va yana qator mamlakat­
larda vahhobiylar - islom qoidalarini yanada qat’iy bajarish tarafdor­
lari sektasi yashaydi. Diniy ulamolar boshqarishi kerak b o ig an davlat 
tuzish g‘oyasi - zamonaviy musulmon diniy fundamentalizmi aynan 
Old Osiyoda, ayniqsa, shialar ichida keng tarqalgan.
Old Osiyoda din, madaniyat, maorifga, oilaviy turmushga, so‘nggi 
o‘n yilliklarda fundamentalizmning tarqalishi bilan siyosatga ham 
katta ta’sir etmoqda. Bu borada Turkiya alohida o‘rin tutadi, sababi 
unda din davlatdan rasman ajratilib, diniy partiyalarning hokimiyatga 
kelishi Otaturk konstitutsiyasi bo‘yicha taqiqlangan.
Old Osiyoda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylikka e’tiqod 
qiluvchilar ham mavjud. Isroilda yaliudiylik boisa, kurdlar orasida 
yazidlar dini o‘zida zardushtiylik, xristianlik va islom dinlari xususi- 
yatlarini jamlagan. Dehqonchilik va chorvachilik aholisida ayrim 
qadimgi ibtidoiy tasaw urlar va e ’tiqodlar: arvohlar, tosh, daraxtlar
ruhl -irga ishonch saqlangan.
Yaqin oim ishda ham professional tibbiyot boim asdan «xalq ta- 
bobari», folbinlar va tabiblar aholini davolaganlar.
Old Osiyoda diniy ta’lim juda ommalashgan. Ko‘plab oliy diniy 
muassasaiar ochilgan. Dunyoviy ta’lim faqat Turkiyada ustuvor. 
Shuning uchun o ‘g‘il bolalar, ayniqsa, boy xonadonlar farzandlari 
Yevropa va Amerika universiteOarida tahsil olishga intilishadi. Isroil­
da ta’lim yuqori darajaga yetkazilgan. Ayni paytda juda ko‘p qishloq 
aholisi hozirga qadar savodsiz.
Umuman olganda, Old Osiyo xalqlari hayoti qator o‘ziga xos- 
liklarga ega b o iib , yevropaliklar va shimoliy amerikaliklar hayotidan 
sezilarli farq qiladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin