Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Zamonaviy jarayonlarning turmushga ta’siri



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Zamonaviy jarayonlarning turmushga ta’siri. 
Old Osiyodagi 
industrial ishlab chiqarish XX asrdan boshlandi. Boy neft konlarining 
ochilishi xorijiy sarmoyalaming ommaviy oqib kelishiga turtki berdi.
85


Arab mamlakatlari va Eronda neftni qayta ishlash sanoat korxonalari 
bunyod etildi. Undan tashqari, yengil sanoat, teri-ko‘nchilik, qurilish 
ashyolari ishlab chiqarish keng y o ig a qo‘yildi. Ishchi, muhandislar, 
ishlab chiqarishdagi boshqa kasb-kor egalarining ko‘payishi aholi­
ning turmush sharoitlariga ham keskin ta’sir etib, ayniqsa, shaharlar­
da uy-joylar, kiyimlar, hayot tarzi o'zgarib bormoqda.
6.3. Old osiyoliklar moddiy madaniyati
Old Osiyoning ko‘pchilik aholisi qishloqlarda yashashda davom 
etmoqda. Ayni paytda so‘nggi o‘n yilliklarda shaharlar va ulaming 
aholisining soni keskin o‘snioqda. Poytaxtlar va yirik shaharlarda 
osmono‘par binolar, banklar, sayyohlar uchun mehmonxonalar zamo­
naviy yevropa me’morchiligi uslubida bunyod etilmoqda. Ayni payt­
da mayda va o‘rta hajmdagi shaharlar qiyofasida ulaming markazida 
o ‘tgan asrdagi vaziyatni ko‘ramiz. Bunday shaharlar markazida mas- 
jid, jamoatchilik binolari, politsiya, qamoqxona, maydon atrofida sav- 
do muassasalari, omborlar, boy hunarmandlaming do‘konlari joylash­
gan. Sharq bozorlari har doimgidek shovqin-suronli. Markazga tutash 
mavzelarda boylarning, amaldorlaming hovli-joylari joylashgan. 
Markazdan qancha uzoqlashsa, ko‘chalar torayib qingir-qiyshiq tus- 
ga kiradi. Kambag‘al va o‘rtahol aholi mavzelarida loydan, paxsadan 
devorlar, ularning ortida uy-joylar, xo‘jalik binolari joylashgan. Suv 
quvuri, kanalizatsiya va elektr toki shaharlaming markaziy qismida 
boiishi mumkin. Suv yetarli b o isa hovlilar daraxtlar soyasida, ular 
kichik ariqlardagi suv bilan ancha salqin havoni yaratadi.
Nomadlar muqim qo‘rg‘onlar yaratmaydilar, yaylovlarda ba’zida 
ko‘p, ba’zida kam chodirlar yoki o‘tovlardan iborat muvaqqat man- 
zilgohlar barpo etiladi. Xususan, ayrim badaviylarda katta bir necha 
yuz chodirli manzilgohlar o‘matilgan b o isa, boshqa nomadlar gu- 
ruhlarida bir necha o ‘n o‘tovlar boigan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin