Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Transport vositalari. 
An’anaviy transport vositalariga gildirakli 
aravalar va qayiqlar kiradi. Minish uchun ot, tuya hamda eshaklar 
qoilaniladi. Aravalar og‘ir - to‘rt gildirakli hamda yengil - ikki 
gildirakli b oiib, suv to‘siqlardan o ‘tishni yengillashtirish uchun 
gildiraklari juda katta qilib yasalgan. Zamonaviy motorli dengiz 
va daryo kemalari bilan birgalikda yelkanli qayiqlar Dajla va Frot
87


daiyolarida ilk sivilizatsiyalar davridan qolgan daraxt shoxlaridan 
yasalib tabiiy asfalt bilan suvalgan qayiqlar uchraydi. Old Osiyo 
mamlakatlarida XX asrdan temiryo‘l va avtomobil transportlari keng 
tarqaldi. Aviayo‘nalishlaming taraqqiy etgan tarmoqlari mavjud.
Taomlari 
Old osiyoliklar taomlari viloyatiga, aholisining 
mashg‘ulotiga qarab xilma-xildir. Uning asosini bug'doy, arpadan 
turli usullarda pishirilgan non, o‘simlik, sabzavotlar, dukkakli don- 
lardan taomlar tashkil etadi. Go‘sht kam iste’mol qilinadi. Faqat boy- 
lar, o‘ziga to‘q shaharliklami hisobga olmaganda oddiy aholi dastur- 
xonida go'shtli taomlar bayramlardagina yeyiladi. Chorv adorlar ham, 
dehqonlar ham har kuni non bilan qatiq ichishadi. Kambag‘alning 
tushligi odatda non bilan tarvuz yoki qovun bo‘ladi. Ichimlik sifa­
tida Arabiston yarimoroli va Turkiyada qora choy (yalpiz bilan), kofe, 
Eron va Afg‘onistonda ko‘k choy ichiladi.
Kiyimlar va taqinchoqlar. 
Old (G‘arbiy) Osiyo xalqlari ki­
yimlari xilma-xil, lekin ularda ko‘plab umumiylik ham mavjud. Ayni 
paytda kiyimiga qarab insonni shaharlikmi, dehqonmi yoki chorvador 
bilishingiz mumkin.
A n’anaviy erkaklar libosi (uni ko‘pgina joylarda hozir ham kiyi­
shadi) keng belgacha ko‘ylak va ishton, bu kiyimni qadimda dastlab 
chorvador-nomadlar ixtiro qilishgan. Ulardan ko‘ylak-ishtonlarni 
dehqonlar o ‘zlashtirganlar. Ayrim xalqlar, jumladan turkmanlarda 
ishton tor, belujiylarda esa, aksincha, juda keng kiyiladi. 0 ‘zimizda 
keng fe’lli kishini afg‘onning ishtoni deb qiyoslash ilgari ko‘p ish- 
latilgan. Ulardan tashqari, shoyidan, paxta gazlamadan yoki jundan 
chopon kiyiladi. Boy chorvadorlar chakmonlari tuya junidan tay- 
yorlanib, umuman nam o‘tkazmaydi. 0 ‘rta Osiyo xalqlarida, xusu­
san, o ‘zbek chorvadorlarida ham chakmon eng zarur kiyimlardan 
hisoblanadi. Bosh kiyimi ham libos majmuyining eng zarur elemen- 
tidir. Ular turlicha: oddiy matodan ro‘mol, salla, qishki m o‘ynali 
telpaklar, qalpoqlar mavsumga qarab kiyiladi. Dehqonlar poyabzali 
teridan yengil, sandallar bo‘lsa chorvadorlarda ot va tuyada yu- 
rishga m o‘ljallangan teridan etiklar kiyishgan. Uy sharoitida jundan
88


peypoqlarda, teridan (hozirda rezinadan) kovushlarda yurishgan. 
Ko‘chmanchi chorvadorlar - kurdlar va pushtunlar o‘zlari bilan 
qurol 
olib yuradilar.
So‘nggi o‘n yilliklarda an’anaviy kiyimlar nafaqat dehqonlar, bal- 
Iti chorvadorlarda ham yevropacha yarimharbiycha tus olmoqda.
Ayollarda an’anaviy xalq kiyimlari yaxshi saqlangan. Ko‘pchilik 
xalqlarda ayollar ko'ylaklari uzun to‘pig‘igacha tushib turadi. Yengsiz 
nimcha va xalatlar ham keng tarqalgan. Issiq qishki kiyimlar odatda 
boy 
oilalardagina mavjud. Milliy va hududiy tafovutlar kiyimlar fa- 
soni, matosining arzon-qimmatligi, rangida, gullarida, ayniqsa, bosh 
kiyimlarida kuzatiladi.
Old Osiyodagi islom mamlakatlarida (Turkiyadan tashqari) ayol- 
Iaming hijob kiyishlari, yuzlarini yopib yurishlari an’anasi mavjud. 
Ayni paytda o‘troq dehqonchilik aholisiga oid bu qoida chorvador­
larda tarqalmagan. Begona erkaklar huzurida yoki qari kishilar b o isa
ayollar ro‘mollarining bir uchi bilan yuzlarini yopadilar. Ayollar 
kiyimi, ayniqsa, chorvadorlarda turli zeb-ziynatlar bilan, kumush va 
oltindan uzuk, bilaguzuklar, sirg‘a, qimmatbaho toshli taqinchoqlar 
bilan toiatiladi. Ayollar xina bilan sochlari, timoqlarini bo‘yaydilar. 
Qishloq xotin-qizlaridan farqli o iaro q shaharlarda ziyoli oilalarda, 
xususan, Turkiyada yevropacha kiyinishadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin