Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Folklor. 
Kavkazoldi xalqlari og‘zaki ijodi ildizlari qadim zamonlar- 
ga borib taqaladi. Gruziyada uning tarqalishiga mestvire - qo‘shiqchi 
xalq qo‘shiqlarini stviri musiqa asbobi jo ‘rligida ijro etuvchilar xizmat 
qilishgan. Ozarbayjonda xalq an’analarini asrovchilami ashuchi, sazan- 
dari deb atashgan. Ulaming ijodlari repertuari turli mavzulami - natil 
(ertaklar) va qo‘shiqlardan: lirik, guzelleme (maqtov), ustadname deb 
nomlangan o‘git, nasihat qo‘shiqlarini ijro etishgan.
Gruzin folklorining eng qadimgi namunalaridan biri - Amirani ha­
qidagi doston. Unda bosh qahramon ovchilik ilohasining oddiy ovchi- 
dan tug‘ilgan o‘g ii haqida kuylanadi. Armanlar o‘rta asr dostoni - «So- 
sun baliodirlari» ko‘proq «Dovud Sosuniy» nomi bilan mashhur. Unda 
Arman tog‘lari aholisining ossuriyaliklar va arablarga qarshi o‘z erki 
va ona tuprog‘i, vataniga egalik qilish uchun uzoq davom etgan kurashi 
tavsiflanadi. Kavkaz xalqlarining tarixiy taqdiri umumiy ligi monumen­
tal doston - «Kyor ogli» («G o'ro'gii») turli variantlari ozarbayjonlar­
da, arman, gruzin, kurdlarda, o ila osiyoliklarda ham mavjud.
107


Ziyofatlardagi qadahlarni ham folklorga kiritish mumkin. Madani­
yatning ushbu sohasi Abxaziya va Gruziyada ayniqsa rivojlangan. 
Yana bir ajoyib san’at turi gruzinlardagi ertaklaming jo ‘r boMib 
qo‘shiq qilib aytilishidir. Xalq san’atiga armanlaming peylevani -
ko'chma sirklari faoliyati (dorbozlar, gimnastlar, masxarabozlari)ni 
ham kiritish mumkin. Bu sohaning kichik guruhlari bugungi kunda 
bam badiiy havaskorlik sifatida saqlanib kelmoqda. Shunga o‘xshash 
sirk guruhlari Gruziya va Ozarbayjonda ham uchraydi.
Professional badiiy madaniyat. 
Kavkaz xalqlari ko‘p asrlik ta- 
rixga ega. Dunyo madaniyati durdonalari qatorida XII asrda yashagan 
gruzin shoiri Shota Rustavelining «Yoibars terisini yopingan pahla- 
von» dostoni, Ozarbayjon xalqining buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy- 
ning «Xamsa»sini ko‘rsatish mumkin. Arman she’riyatining buyuk 
asarlari qatorida Xachatur Abovyanning (1809-1848) «Armaniston 
jarohatlari» romanini ko‘rsatish mumkin. Unda 1826—1828-yilgi rus- 
eron urushlari voqealari hikoya qilinadi.
Yozuvchi, rassomlar, musiqachilar va madaniyat vakillarining il- 
garigi va zamonaviy asarlari milliy ongning shakllanishi jarayonla- 
rini o‘zida mujassamlagan. Jumladan arman rassomi Martiros Saryan 
(1880-1972), ozarbayjon bastakori Uzeir Gajibekov (1885-1948) yoki 
gruzin shoiri Galaktion Tabidzelar (1892-1959) asarlari o‘z xalqlari, 
etnoslari, ularning madaniyatlari ramzi sifatida qabul qilinadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin