8.2. Etnik tarix. 0 ‘rta Osiyoning qadimgi aholisi
Osiyo qit'asining bir qismi jahon sivilizatsiyasi shakllangan hudud
boigani olimlar tomonidan tasdiqlangan. Neolit davridan 0 ‘rta
Osiyo aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullana boshla-
gan. Bronza davridan shahar ko‘rinishidagi qo‘rg‘onlar, manzilgohlar
vujudga kelgan. 0 ‘lkaning dasht-cho‘1 qismida ko‘chmanchi chorva
chilik, vohalarda esa dehqonchilik tobora keng tus ola borgan.
Selung‘urdan topilgan qadimgi odamlar
manzilgohi oik ad a ilk
odamlar bundan 600-700 ming yil ilgari yashay boshlaganini tas-
diqlaydi. K oibuloq yodgorligi ham bugungi kunda 300-400 ming
yillik tarixga ega ekanligi aniqlangan. Ilk odamlaming qaysi o‘lkadan -
Sharqiy Osiyodan yoki Mesopotamiyadan kelganligi hali fanda o‘z
tasdig‘ini topganicha yo‘q. Arxeolog olimlar eneolit davri yodgor-
liklari Anov, Namozgoh, Oltintepaga Old Osiyodan kelgan olduvay-
lar asos solgan, ayni paytda shimolda Amudaryoning
quyi oqimida
urol tillarida so'zlashuvchi aholi yashaganini taxmin qiladilar. Mil.
avv. II mingyillik oxirlarida 0 ‘rta Osiyoga kela boshlagan oriylar ham
hind-yevropa tillaridagi aholimi yoki oltoy-turk aholisi bo‘lganmi, bu
masalada so‘nggi o‘n yilliklarda tojik akademiklari da’vo qilib kel
gan bo‘lsalar, bugungi kunda oriylar old turkiylar (prototurklar) deb
o ‘zbek olimlari ham nazariya yaratishmoqda. Qanday bo‘lmasin mil.
avv. IX-VIII asrlarda ilk davlatlar shakllanishi uchun sharoit yetilib
o‘lkadagi birinchi davlatlar - Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazmlar
vujudga kelgan. Yozma manbalarda aynan baqtriyaliklar, xorazmiy-
lar, so‘g‘diylar haqida ilk eslatmalar uchraydi.
Milodiy asr boshlari-
dan oikaga kirib kelgan yuechjilar, xioniylar, kidariylar (toxarlar),
eftaliylar ham o‘z davlatlarini tuzib etnik jarayonlarga birmuncha
ta’sir o‘tkazganlar.
0 ‘lka aholisi haqidagi ilk yozma manbalar xitoy yilnomalarida,
Eron ahamoniylari shohlari bitiklarida uchraydi.
Ularda oikada
yashagan etnoslar nomlari, ayrim tarixiy voqealar yozilgan. 0 ‘rta
Osiyoning mil. avv. VI-IV asrlarda ahamoniylar Eroni tarkibida
111
bo‘lishi madaniyatda o‘z izini qoldirgani arxeologlarimiz tomonidan
tasdiqlangan.
Mil. avv. 329-327-yillari 0 ‘rta Osiyoning janubiy hududlari yu-
non-makedon podshosi Aleksandr tomonidan bosib olinadi. Yunon-
lar istilosi va 0 ‘rta Osiyoning salavkiylar, Yunon-Baqtriya tarkibida
bo‘lishi mahalliy madaniyatga ijobiy ta’sir etgan. Mil. avv. I-IV asrlar
da yuechjilar istilosi o‘lkaning Kushon imperiyasi tarkibida boiishi.
buddaviylikning
tarqalishi, hind madaniyatining me’morchilik va
haykaltaroshlikka ta’siri olimlar tomonidan e’tirof etilib, 0 ‘rta Osiyo
xalqlari tarixiga oid asarlarga kirgan. Ushbu davrda hukm surgan
Qang‘ davlati (mil. aw . II - mil. avv. Ill asrlar) asosini turkiy qavm-
lar tashkil etib, undan mashhur «Qovunchi madaniyati» yodgorliklari
saqlangan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yurtimiz aholisi qadim-
dan turkiy va eroniyzabon elatlar hamda qabilalardan iborat bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: