Ziyofatlardagi qadahlarni ham folklorga kiritish mumkin. Madani
yatning ushbu sohasi Abxaziya va Gruziyada ayniqsa rivojlangan.
Yana bir ajoyib san’at turi gruzinlardagi ertaklaming jo ‘r boMib
qo‘shiq qilib aytilishidir. Xalq san’atiga armanlaming peylevani -
ko'chma sirklari faoliyati (dorbozlar, gimnastlar, masxarabozlari)ni
ham kiritish mumkin. Bu sohaning kichik guruhlari bugungi kunda
bam badiiy havaskorlik sifatida saqlanib kelmoqda. Shunga o‘xshash
sirk guruhlari Gruziya va Ozarbayjonda ham uchraydi.
Professional badiiy madaniyat.
Kavkaz xalqlari ko‘p asrlik ta-
rixga ega. Dunyo madaniyati durdonalari qatorida XII asrda yashagan
gruzin shoiri Shota Rustavelining «Yoibars terisini yopingan pahla-
von» dostoni, Ozarbayjon xalqining buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy-
ning «Xamsa»sini ko‘rsatish mumkin. Arman she’riyatining buyuk
asarlari qatorida Xachatur Abovyanning (1809-1848) «Armaniston
jarohatlari» romanini ko‘rsatish mumkin. Unda 1826—1828-yilgi rus-
eron urushlari voqealari hikoya qilinadi.
Yozuvchi, rassomlar, musiqachilar va madaniyat vakillarining il-
garigi va zamonaviy asarlari milliy ongning shakllanishi jarayonla-
rini o‘zida mujassamlagan. Jumladan arman rassomi Martiros Saryan
(1880-1972), ozarbayjon bastakori Uzeir Gajibekov (1885-1948) yoki
gruzin shoiri Galaktion Tabidzelar (1892-1959) asarlari o‘z xalqlari,
etnoslari, ularning madaniyatlari ramzi sifatida qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: