7.6. Etnoslararo munosabatlarning murakkablashuvi
O ikadagi etnoslararo munosabatlarning murakkablashuviga, un-
dagi aholi etnik tarkibining murakkabligi, aholining ko‘payib bori-
shi tufayli yuzaga keigan demografik muammolar hamda ekin uchun
yaroqli yerlaming tanqisligi asosiy sabablardir. Etnoslararo mojaro-
laming asosiy sababi deb iqtisodiy-demografik omil ko‘rsatilmoqda.
Aholining tez o‘sishi hech qaysi respublikada oldindan hisob-kitob
qilinmaganligi, yangi ishchi o‘rinlari yaratilmagani, aholi orasida
yashirin ishsizlik, norozilik juda tez millatchilik tusini keltirib chiqar-
108
di. Hokimiyatdagi korrupsiya, siyosiy mahoratning yetishmasligi va
siyosiy irodaning boim asligi mojarolami to‘xtatishga emas, ulaming
kuchayishiga olib keladi.
Lekin shuni ta’kidlash lozimki, etnoslararo mojarolar, murakkab
etnik tarkibli Kavkaz uchun ham chorasiz voqealar emas, siyosiy iro-
da, iqtisodiy yuksalish, shuningdek muammolami hal etishga barcha
aholini jalb etish orqali muammolar yechimini topish mumkin. Moja
rolar o‘rniga konstruktiv xalqlararo hamkorlik boshlanishi lozim, axir
Kavkaz bu borada yaqin-yaqinlargacha shuhrat qozongan edi.
Savol va topshiriqlar
1. Kavkazoldi aholisining etnik tarkibi va etnik tarixida qanday
o‘ziga xosliklar mavjud?
2. Ozarbayjonlar, armanlar, abxazlar, gruzinlar irqiy tiplari va til
lari haqida nimalami bilasiz?
3. Kavkazoldi aholisi xo‘jaligidagi o‘ziga xosliklar nimalardan
iborat?
4. Aholining an’anaviy kiyimlari qanday bo‘lgan?
5. Kavkazoldiliklar taomlari, mehmonnavozligi haqida nimalami
bilasiz?
6. Kavkazoldi aholisida ijtimoiy munosabatlar o‘tmishda va hozir
qanday ko‘rinish olgan?
7. Kavkazoldi aholisining dinlari, folklori, badiiy madaniyatlari
haqida so‘zlab bering.
8. Etnoslararo munosabatlardagi muammolami Internet ma’lu-
motlari asosida so‘zlab bering.
109
|