Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Savol va topshiriqlar
1. Tropik va Janubiy Afrika aholisining antropologik hamda 
lingvistik tavsifi haqida nimalarni bilasiz?
2. Hudud aholisining an’anaviy va zamonaviy xo‘jaliklari qanday 
ko‘rinishda bo‘lgan?
3. Pigmeylar va saanlar haqida Intemetdan qo‘shimcha m a’lu- 
motlarni topib gapirib bering.
4. Tropik va Janubiy Afrika aholisi moddiy madaniyatlaridagi 
o‘ziga xosliklar nimalardan iborat?
5. «Qora Afrika»dagi ijtimoiy munosabatlar qanday ko‘rinish 
olgan?
6. Ushbu hudud aholisining an’anaviy va zamonaviy dinlari ha­
qida nimalarni bilasiz?
7. Ma’naviy madaniyatdagi an’anaviylik va zamonaviylik nima­
lardan iborat?
8. Afrikaning tropik va janubiy qismida kechayotgan zamonaviy 
etnik jarayonlami qanday ifodalaysiz?
77


6-BOB. OSIYO ETNOLOGIYASI
Old Osiyo. 
G‘arbiy yoki Old Osiyo Kichik Osiyo va Arabiston 
yarimorollaxi, 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohili, Mesopotamiya va 
0 ‘rta Sharqiy (Eron va Afg‘oniston) hududlarini ham o‘z ichiga ola-
di. Aholisi 200 milliondan ko‘proq. 
Old Osiyo hududining talay qismi 
yarimcho‘l, cho‘l, tog‘lar qisman 
vohalardan iborat. Faqat tog‘li vo- 
halar, shuningdek, 0 ‘rtayer, Qora 
va Kaspiy dengizlari sohillarida 
iqlim nam subtropik. Sersuv daryo­
lar faqat Frot va Dajlalardir. Bu 
mintaqada tabiiy sharoit qadim zamonlardan qulay bo‘lib, aholi zich 
yashaydi. Cho‘] va tog‘li hududlarda aholi nisbatan siyrak joylash­
gan, Old Osiyo davlatlariga: Afg‘oniston, Bahrayn, Isroil, Iordaniya, 
Iroq, Eron, Yaman, Qatar, Kipr, Livan, BAA, Oman, Saudiva Arabis- 
toni, Suriya va Turkiya kiradi.
6.1. Old Osiyoning etnik tarixi
Oid Osiyoda odamlar o‘nlab ming yilliklardan buyon yashab 
kelmoqdalar. Bundan 40-50 ming yil ilgari hududda zamonaviy 
qiyofadagi odamlar yashay boshlaganlar. Taxminan 10 ming yil il­
gari Mesopotamiyada, 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohillarida, 
Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy rayonlarida ilk dehqonchilik 
va chorvachilik madaniyatlari shakllangan. Bu hududlarda odamlar 
sopol buyumlar yasashni, ma’danlami eritish va ularga ishlov be- 
rishni o‘zlashtirganlar, keyinchalik Shumer va Akkadda ilk shahar- 
davlatlarga asos solishgan. Olimlar Old Osiyoning qadimgi aholisi 
etnik tarkibi haqida aniq m a’lumotlami ham aynan mil. avv. IV-11I
78


mingyilliklarda yozuv paydo bo‘lganidan so‘ng qo‘lga kiritishadi. 
G ‘arbiy Osiyo aholisining bir qismi Shumer va Akkadlar kaspiy til- 
larida so‘zlashgan. Ulardan tashqari bobilliklar, ossurlar, yahudiy- 
lar, arablar ajdodlari semit tillarida so‘zlashsa, xettlar, midiyaliklar, 
parfiyaliklar, skiflar hind-yevropa tillariga mansub bo‘lishgan. Asrlar 
davomida old osiyoliklar semit tillarida, Eron va Afg‘oniston hind- 
yevropa tillarida so‘zlashadigan etnoslar tomonidan egallanadi. Arab- 
lar istilosi (VII-VIII asrlarda) Old Osiyo xalqlari tarixi va madaniya- 
tiga ulkan ta’sir o' tkazadi. Arablar bosib olgan xalqlami islom diniga 
o‘tkazib, ilm-fan, davlat boshqaruvida o‘z yozuvlari va tillarini joriy 
etdilar. Arablardan bir necha asr o‘tib Old Osiyoga ilgari Oral den- 
gizi bo‘ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashagan o‘g‘uzlaming 
yurishlari boshlanadi. Ularning avlodlari zamonaviy turklar, ozarbay- 
jonlar va yana qator etnoslardir. 0 ‘rta asrlar oxiridan Old Osiyo dav-
79


latlari inqiroz holatiga tushib, Yevropa davlatlariga mustamlaka va 
yarim qaram oikalarga aylanadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin