Tursunpoʻlatov Joʻrabek ymaq-7 Amaliy ish mashg`ulot savollari



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə2/8
tarix02.08.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#138358
1   2   3   4   5   6   7   8
Tursunpoʻlatov Joʻrabek

1.Tog‘ (tepa) — yer sirtidagi ko‘tarilgan gumbazsimon joy bo‘lib, uning eng baland nuqtasi cho‘qqi, yon tomonlari qiyalik (yon bag‘ir, nishab), atrof bilan tutashgan chizig‘i — tog‘ etagi deyiladi.
2. Tizma tog‘ — bir yo‘nalishda cho‘zilib ko‘tarilgan yoki pasaygan joy bo‘lib, ikki yon tomoni tikroq pasayadi. Tizma tog‘ning eng baland nuqtalaridan (joylaridan) o‘tgan chiziqqa suv ayrig‘ich chiziq deyiladi.
3. Egarsimon joy (bel) — ikki tog‘ yoki tepaning yonma-yon qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Egarsimon joyning ikki tomonidan qarama-qarshi yo‘nalishda soy boshlanadi. Ko‘pincha bir soydan ikkinchisiga o‘tgan so‘qmoq yo‘l egarsimon joy orqali orqa tomondagi soy yo‘liga tutashadi, egarsimon joydagi bu yo‘l dovon deyiladi.
4. Yonbag‘r – tizma tog‘ yoki tepalik yonbag‘ri bo‘ylab qiyalab ketgan tekislik ko‘rinishidagi joy.
5. Chuqurlik (qozonsoy) – tog‘ning aksi bo‘lib, har tomondan o‘ralgan pastlik joy; eng chuqur joyiga – tub deb, yon tomonlari qiyalik, qiyaliklarning atrof bilan uchrashgan chizig‘i – chuqurlik chekkasi deyiladi.
6. Soy – bir yo‘nalishda ko‘tarilgan tizma tog‘ning aksi bo‘lib, bir nuqtadan uchi tomon ko‘tariladi yoki bir uchi ochiq yo‘nalish bo‘yicha asta pasayadi, keyin ikki yoni tikroq ko‘tariladi.
Soyning eng past joylaridan o‘tgan chiziq suv yig‘uvchi chiziq deyiladi, bu chiziq bo‘yicha yog‘in suvlari oqadi. Agar soy keng bo‘lsa va uzoqqa cho‘zilsa, vodiy deyiladi.
Daryolar vodiyning suv yig‘uvchi chizig‘i bo‘yicha oqadi, agar soyda suv yig‘uvchi chiziq nishabligi katta va tuproq yumshoq bo‘lsa, sel oqimlari orqali yuvilib, o‘piriladi, keyin bu yerda jarlik hosil bo‘ladi.
Relefni aniq tasvirlash faqat gorizontallar usulida ta’minlanadi va u eng asosiy hisoblanadi. Gorizontallarni xaritadagi tasviri joy relefini– tavsiflaydi. Gorizontallar bilan tasvirlangan joy relefi eng aniq bo‘lib, bunday xaritalardan har xil loyihalash va injenerlik masalalarini yechishda foydalaniladi.
3 . Yer yuzasida chiziqlar uzunligi, chiziqlar va yo‘nalishlar orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar, nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandliklari o‘lchanadi. Bu o‘lchashlarga geodezik o‘lchashlar deyiladi va ular hilma-xil geodezik asboblar yordamida bajariladi. Geodezik o‘lchashlardan foydalanib, amaliy yoki ilmiy masalani yechishda o‘lchash natijalari matematik jihatdan qayta ishlab chiqiladi.
Fan va texnikaning taraqqiyoti natijasida geodeziya fani rivojlanib bordi va hozirda ko‘p tarmoqli fanga aylandi:

  • inshootlarni loyihalash uchun zarur bo‘lgan geodezik materiallarni olish maqsadida dalada bajariladigan geodezik o‘lchash va hisoblash grafik ishlari;

  • loyiha asosida quriladigan inshootni bosh va asosiy o‘qlarni, xarakterli nuqtalarni joydagi holatini aniqlash;

  • qurilish jarayonida inshoot o‘lchamlarini (geometriyasini) loyihaga mosligini ta’minlash;

  • maxsus jihozlar, dastgohlarni geometrik shartlarni bajargan holda o‘rnatish va sozlash;

  • qurilayotgan inshootlarning o‘lchamlarini loyihada berilgan o‘lchamlarga mosligini aniqlash maqsadida ijroiy syomkani bajarish;

  • inshoot qurilishi va undan foydalanilishi jarayonida turli omillar, unga ta’sir etuvchi kuchlar (yuklar), antropogen omillar oqibatida inshootda va uning asosidagi deformatsiyalarni o‘rganish bilan shug‘ulanadigan geodeziyaning yana bir sohasiga injenerlik geodeziyasi deb ataladi. Umumlashtirgan holda aytishimiz mumkin, injenerlik geodeziyasi turli injenerlik-qidiruv ishlarida, injenerlik inshootlarini loyihalash va qurishda, ulardan foydalanishda geodezik ishlarni tashkil qilish va bajarish bilan shug‘ullanadi.

Yuqorida hayd etilgan barcha geodeziyaga oid fanlarni amaliyotda foydalanish nazariyasi va amaliyotini o‘rganuvchi fanga amaliy geodeziya deb ataladi, injenerlik geodeziyasi uning bir bo‘limi hisoblanadi.
Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida unga markazdan hochma zarralarini o‘zaro tortishish kuchlari ta’sirida umumlashtirilgan holda sferoid (qutblari bo‘yicha siqilgan shar) Rasmlini oladi.
Yerning fizik sathi murakkab bo‘lib, uni biron bir matematik formula bilan ifodalab bo‘lmaydi, shu sababli quyidagi ketma-ket yaqinlashishdan foydalaniladi. Birinchi navbatda, Yer fizik sathi geoid Rasmli bilan, geoid unga yaqin bo‘lgan aylanma ellips – ellipsoid bilan va u o‘z navbatida referens ellipsoid bilan almashtiriladi.
Yer yuzidagi o‘zaro tutash okean va dengizlarni faraz qilingan tinch holatdagi suv sathini shovun chizig‘i yo‘nalishiga perpendikular, Yerning quruqlik qismi ostidan fikran davom ettirish natijasida hosil bo‘lgan sathiy yuzaga asosiy sathiy yuza deyiladi. Yerning asosiy sathiy yuza bilan cheklangan to‘lih Rasmliga geoid deyiladi. Yer bag‘ridagi jinslarni joylanishi va zichligi turlicha bo‘lganligi sababli tortish kuchlari (shovun chizig‘i ) yo‘nalishlari turlicha bo‘ladi, natijada geoid yuzasi murakkab to‘lhinsimon Rasmlini oladi. Sathiy yuzani Yer ustida yoki ostida cheksiz ko‘p o‘tkazish mumkin, lekin ular hech qachon bir – biri bilan kesishmaydi.
Geoid oddiyroq bo‘lgan biron-bir matematik tenglama bilan ifodalanmaydi, shuning uchun geoid unga yaqin bo‘lgan soddaroq sath bilan almashtiriladi (approksimatsiyalanadi).
Geoidga eng yaqin bo‘lgan geometrik Rasml, bu kichik o‘qi atrofida aylantirish natijasida hosil bo‘lgan aylanma ellips Yer ellipsoidi hisoblanadi. Har bir Davlatda geodezik ishlar uchun ma’lum kattalikdagi yer ellipsoidi qabulqilingan bo‘lib, bu ellipsoid geoid ichida undan eng kichik og‘ishni ta’minlaydigan qilib oriyentirlangan (joylashtirilgan) bo‘ladi, bunga referens – ellipsoid deyiladi.
4 Loyhalanayotgan yoki qurilayotgan muxandislik inshootlarini joylanishini qutblarga ko‘ra: shimol, sharq, janub va g‘arb yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatilishi amaliyotga kiritilgan. Bunday belgilashlar inshootni qutb yo‘nalishidagi o‘rnini aniqlashlar orientirlash deb yuritiladi.
Muhandislik geodeziyasida orientirlash geografik, magnit yoki o‘q meridianlariga nisbatan o‘lchanadi. Orientirlash burchaklarini va ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlashda magnit og‘ish burchagi va meridianlar yaqinlashish burchaklarining miqdorlaridan foydalaniladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin