Tursunpoʻlatov Joʻrabek ymaq-7 Amaliy ish mashg`ulot savollari



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə6/8
tarix02.08.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#138358
1   2   3   4   5   6   7   8
Tursunpoʻlatov Joʻrabek

1-rasm yassi kordinatalar:
A - to’g’ri burchakli; b – zonal; v – qutbiy; g – qo’sh qutbli

6 Ikki qo‘shni gorizontal chiziqlar orasidagi shovun yo‘nalish bo‘yicha vertikal masofaga relefning kesim balandligi deyiladi va h bilan ifodalanadi.
Topografik xaritalarda relef kesim balandligini tanlashda quyidagilar inobatga olinadi:1) Xaritaning masshtabi qanchali yirik bo‘lsa, relef kesim balandligi kichik bo‘ladi; 2) Joyning xarakteri ya’ni tog‘li joylar uchun relef kesim balandliklari tekisliklarga nisbatan yirik olinadi; 3) Aniqlik va mufassallik talablari qanchali relefni aniq va batafsil tasvirlash talab qilinsa, shuncha relef kesim balandligi qiymati kichik olinadi.

7-rasm. Relefning kesim balandligi

Topografik xaritalar ichki hoshiya bilan chegaralangan xaritagrafik materiallar trapesiya Rasmlida bo‘lib, uning chetlariga geografik kordinatalar – kenglik va uzunlik qayd etiladi. Tashqi (bezagi) va ichki hoshiyalarga nuqtaning geografik kordinatalarini aniqlash vazifasini o‘tash uchun minutlar hoshiyasi keltirilgan. Xarita varrog‘iga kilometrlar to‘ri tushirilgan. Chiziqlar mintaqadagi o‘q meridian proeksiyasi va ekvator proeksyasiga paralel etib chizilgan.

7 Topografik xaritalarda tafsilot, joydagi predmetlar va re’lef elementlari shartli belgilarda ko‘rsatiladi. Joydagi predmetni xaritada ko‘rinishi shartli belgi deyiladi. Shartli belgilar to‘rt turli bo‘lib, maydoniy, masshtabsiz, chiziqli va tushuntiruvchi belgilar ko‘rinishida ifodalanadi.
Joyida ma’lum bir maydonga ega bo‘lgan ob’ektlar tasviri maydoniy shartli belgilar deyiladi. Xaritada keltirilgan maydoniy shartli belgilarning chegaralari ko‘rsatilgan bo‘ladi (ko‘llar, cho‘llar, dalalar, o‘rmon, ekinzor, botqoqlik va boshqalar misol bo‘ladi).
Ko‘pincha ba’zi shartli belgilar xaritada o‘z xolatiga qaraganda katta joyni egallaydi va bu hollarda masshtabsiz shartli belgilardan foydalaniladi. Xaritada keltirilgan lekin masshtabi ko‘rsatilmagan shartli belgilarga masshtabsiz shartli belgilar deyiladi. (Zavod-fabrika, geodezik punkt, axoli yashash punktlari, alohida turuvchi yodgorliklar, buloq, artizan, quduq va boshqalar misol bo‘ladi).
Xaritada uzunliklari va kengliklari masshtabda ko‘rsatilmagan ba’zi ob’ektlar chiziq ko‘rinishda ko‘rsatiladi ya’ni ba’zi shartli belgilar chizib tushuntiriladi. Xaritada chizib ko‘rsatilgan, chizish orqali tushuntirilgan shartli belgilar chiziqli shartli belgilar deyiladi (yo‘llar, soylar, elektor tarmoqlari, davlatlar chegaralari, gorizontal chiziqlar va boshqalar misol bo‘ladi).
Joydagi predmetlarning tafsilotlarini hajmi, bo‘yi, eni, yuk ko‘tarish qobiliyati xaqida ma’lumot beruvchi shartli belgilarga tushuntiruvchi shartli belgilar deyiladi (predmetning balandligi, qalinligi, orasidagi masofa, qancha yuk ko‘tara olish qobilyati bor va boshqa shu kabi ma’lumotlar misol bo‘ladi).
Ma’lumki, muxandislik inshootlarini qurishda, yangi yerlarni ochishda, ularni tekislashda, sug‘orish tarmoqlarini loyihalash va avtomobil yo‘llari, aerodromlar, ko‘prik o‘tish joylarini qurishda yer yuzasining past-balandligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, joydagi tafsilotlar va joy relefi topografik xaritada to‘g‘ri tasvirlangan bo‘lishi kerak.
Joyning relefi deb – yerning tabiiy yuzasidagi notekisliklar (baland-pastliklar) ko‘rinishiga aytiladi. Relef topografik xarita mazmuning eng muhim elementidir.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin