Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org
Inkorni-inkor.Inkorni-inkor qonuni nima, uning mohiyati nimadan iborat?
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan.
Inkor rivojlanish yangi sifat paydo bo‘lishiga olib keladigan aniq yo‘naltirilgan, qaytmas o‘zgarish sifatida tavsiflanadi. SHaklan rivojlanish bir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barangroq va murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri chiziqli va zigzagsimon, umumiy va mahalliy, uyg‘un va nouyg‘undir. Yo‘nalish jihatidan rivojlanish progressiv va regressiv bo‘lishi mumkin. Rivojlanish tizim ayrim elementlarining tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari esa taraqqiy etishi mumkin emas. Ob’ektga nisbatan tashqi kuchlar ta’sirida Yuz berishi mumkin bo‘lgan harakatdan farqli o‘laroq, rivojlanish o‘z-o‘zidan harakat, ichki jarayon bo‘lib, ziddiyat, bir-birini istisno etuvchi tomonlar, tendensiyalar uning manbai hisoblanadi.
Dialektik inkor – bu narsani butunlay yo‘q qilish emas, balki eski sifatning ba’zi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan holda uni yangi narsaga aylantirishdir. U yangi va eski sifat o‘rtasida aloqa mavjudligidan dalolat beradi. Dialektik inkor uch muhim jihat bilan tavsiflanadi: 1) eskini vayron qilish, buzish; 2) eskining elementlarini saqlash (vorisiylik); 3) yangini yaratish, tuzish.
Biz inkor kategoriyasi metafizik va dialektik talqinining mohiyatini aniqladik. Endi qo‘sh inkor nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.
«Inkorni-inkor» shuni qayd etadiki, rivojlanish jarayoni eski sifatni inkor qilishdan boshlanadi, uni esa oradan ma’lum vaqt o‘tgach yangi sifat inkor etadi. Ammo rivojlanish qanday Yuz beradi? To‘g‘ri (Yuksalib boruvchi) chiziq bo‘ylabmi yoki egri chiziq bo‘ylabmi? Bu masala quruq gap emas, balki muhim ahamiyatga ega. CHunki rivojlanish jarayonida eski va yangining aloqasi bo‘lmaganda, vorisiylik ham bo‘lmasdi, eski butunlay yo‘q bo‘lar, rivojlanishni grafik ko‘rinishda yangi eskidan farq qiladigan, eski esa yangida takrorlanmaydigan to‘g‘ri (Yuksalib boruvchi) chiziq sifatida tasvirlash mumkin bo‘lardi. Biroq amalda yangida eski saqlanadi, uning elementlari yangida takrorlanadi. Ammo bu takrorlanish Yuqoriroq darajada Yuz beradi. Eskining jihatlari, elementlari Yuqoriroq asosda takrorlanishi biz muhokama qilayotgan qonunning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bundan qonunning boshqa bir xususiyati kelib chiqadi. Hamonki eskining oliy asosda qaytarilishi mavjud ekan, rivojlanish to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki spiralsimon chiziq bo‘ylab Yuz berishi, sikldan-siklga eskiga yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik mavjud) va undan uzoqlashib borishi (chunki bu yangi) ayon bo‘ladi.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, Yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab Yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rivojlanishning siklliligini aks ettiradi.
Dialektikaning asosiy qonunlari yagona rivojlanish jarayonining turli jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, balki uzviy dialektik birlikda amal qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va buning aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi miqdor-sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‘z ichiga oladi. Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning eski va yangiga ikkilanishi, ularning o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi Yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini nazarda tutadi. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har biri nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, yo‘nalish) aks ettiradi. Rivojlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi: o‘z mavjudligining avvalgi shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Inkor harakatida rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad etilishi, yo‘q qilinishi Yuz beradi. Umuman olganda inkor – ob’ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, uning galaktikalari, Yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q bo‘lish sifatida jo‘n talqin qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda», metafizik inkor deb e’tirof etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q bo‘lish jamiyatni ortga uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir narsa Yuzaga kelishi mushkul.
Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Gegel fikricha, bartaraf etish «ikki xil ma’no kasb etadi: u asrash, saqlab qolishni va ayni vaqtda to‘xtatish, chek qo‘yishni anglatadi»1. Gegel talqinida inkor rivojlanish omili sifatida yashash qobiliyatini yo‘qotgan narsani yo‘q qilish va erishilgan rivojlanishni saqlashni nazarda tutadi. Masalan, A.Eynshteyn yangi va eski nazariyalarning o‘zaro nisbatini shunday tavsiflaydi: «YAngi nazariya... eski nazariya Yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb hisoblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. YAngi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga eski tushunchalarga teranroq nuqtai nazardan baho berish uchun imkoniyat yaratadi... Biz eski nazariya o‘rinli bo‘lgan sohada faktlar o‘rganilayotganda har safar undan foydalanishimiz mumkin»14. Ammo har qanday hodisa yaxlit bo‘lgani bois, bartaraf etish haqidagi masalaning qo‘yilishi abstrakt xususiyat kasb etadi. XIX asr falsafiy ta’limotlarida bartaraf etishning tabiat va tarixdagi ko‘rinishlarini erishilgan rivojlanishni o‘zgartirilgan holda saqlash sifatida yoritib, bu tushunchani to‘ldiradi. YAngilik va eskilikning ichki ziddiyatlariga chek qo‘yish sifatidagi o‘z-o‘zini inkor dialektik inkorning muhim xususiyati bo‘lib, bu rivojlanishning hujumkorligini belgilaydi.