Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja


-MAVZU. JAMIYAT VA OILA FALSAFASI



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə92/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

7-MAVZU. JAMIYAT VA OILA FALSAFASI.
REJA:
  1. Jamiyat falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Tarixda shaxsni roli.


  2. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Ehtiyojlar va qadriyatlar mutanosibligi. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri.


  3. Oila jamiyat tayanchi. Oilanng vazifalari.


  4. Oila ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri. O’zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o’rni.




TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: tarix falsafasi, barqarorlik, tarixiy taraqqiyot konsepsiyasi, formatsion va sivilizatsion konsepsiyalar, sivilizatsiya, madaniyat, jamiyat, ijtimoiy falsafa, jamiyatning stukturasi, inson, individ, shaxs, biosotsioma’naviy mavjudot, hayotning mazmuni.
Jamiyat nimadan iborat degan masala ko‘p asrlardan beri faylasuflarni qiynab kelmoqda. Dastlab javob aniq ko‘rinib turgandek tuYuladi: jamiyat – bu odamlarning majmuasi. Biroq bu javob, olimlarni anchadan buyon qoniqtirmay qo‘ygan. Axir, uyni oladigan bo‘lsak, bu shunchaki g‘ishtlarning yig‘indisi emas-ku. Bunda nima hammadan muhimroq? Tarqoq elementlarni birbutun qilib birlashtiruvchi bog‘lanishlar va o‘zaro ta’sirlar muhimdir.

G.A.Sorokinning fikricha, «jamiyat mavjud bo‘lishi uchun hech bo‘lmasa ikki kishi bo‘lishi va ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sir bog‘lanishida bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu eng oddiy jamiyatning ko‘rinishidir...».


Shuni aniq aytish mumkinki, ijtimoiy aloqalarning mohiyatini aniqlash va tushuntirib berish – jamiyat falsafasining asosiy vazifasidir.
Aflotunning fikricha, jamiyat odamlarning ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Arastu uni «tabiatning hosilasi», o‘rta asr falsafasi – Alloh yaratgan degan fikrni olg‘a suradi. Forobiy jamiyatning paydo bo‘lishini teleologiya oldindan belgilangan maqsadga muvofiq nuqtai nazardan tushuntiradi – jamiyat odamlarning komillikka erishishi uchun zarur, deb hisoblaydi.
Yangi davrda «hammaning hammaga qarshi» urushining oldini olish maqsadida ijtimoiy shartnoma nazariyasi (T.Gobbs, J.Lokk,B.Spinoza, J.-J.Russo va b.) rivojlandi. Ularning fikricha, odamlar bitim tuzib, o‘zini-o‘zi saqlab qolish uchun qonunlarga bo‘ysuna boshladilar. YAngi davr mutafakkirlari kishilarning jamoa bo‘lib birlashishlarining asosi haqida so‘z Yuritib, shunday variantlarni ilgari surdilarki, ular jamoa tasavvurlarining umumiyligi (E.DYurkgeym), ijtimoiy ta’sirlar (Veber), me’yor va qadriyatlar umumiyligi (T.Parsons, R.Merton), ijtimoiy institutlar va tashkilotlar (T.Bottomor; S.Lipset) va boshqalardan iborat. Quyida biz jamiyatga oid turlicha talqinlar: diniy, idealistik, materialistik, talqinlarni ko‘rib chiqamiz.
Har qanday diniy ta’limot jamiyat, uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi o‘z talqinini berishga harakat qiladi.
«Jamiyat» tushunchasi Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ma’nolardan tashqari yana: a) biologik tizimlarning eng rivojlangan bosqichi; b) konkret aniq sotsium; v) ijtimoiy aloqalar va o‘zaro ta’sirlar shakli va b. Jamiyat to‘g‘risida gap ketganda, u keng, falsafiy nuqtai nazardan tushuniladi. Eng keng ma’noda, jamiyat – bu odamlar birlashuvining hamma shakllari va ularning o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarining hamma usullari majmuidir.
Jamiyat tushunchasining mohiyatini turli falsafiy maktab va yo‘nalishlar shuningdek alohida mutafakkirlar ham turli yo‘llar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. SHu jumlada jamiyat tug‘risidagi Yuqorida ko‘rsatilgan avvalgi ikkita tushunchani o‘z ichiga olgan «sotsium» tushunchasi paydo bo‘ldi.
Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o‘z tuzilishi, strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat birbutun bo‘lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas. Miloddan avval IV asrda yashagan xitoy faylasufi CHjuan-szi ta’kidlashicha, «nimaiki turli-tumanlikdan mahrum bo‘lsa, turli-tumanlik bo‘lgan joyda paydo bo‘ladi».
Vaqt o‘tishi bilan jamiyat tuzilmasida to‘rtta asosiy sohalar ajralib chiqdi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalar. Shuni ta’kidlash kerakki, «ijtimoiy hayot sohasi» tushunchasi o‘rniga «ijtimoiy struktura» yoki «siyosiy hayot» kabi tushunchalar ishlatiladi. Ularni sinonim tushunchalar desa ham bo‘ladi. Lekin fanda ko‘proq «soha» tushunchasi qo‘llaniladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin