Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə56/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Ayniyat va tafovut. Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi.
«Ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o‘xshashlik munosabati. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o‘z-o‘zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida Yuz beradi.
Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari, ularning holatlarini ham farqlash zarur. Predmetli-moddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda uning qarama-qarshiliklarining amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon bo‘lish xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qarama-qarshiliklarning rivojlanish xususiyati va faollik darajasini, mazkur ziddiyatni echish xususiyatini belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan, «etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy tizimlarga tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday yondashuv ularning quyidagi holatlarini aniqlash imkonini beradi: garmoniya, disgarmoniya, konflikt.
SHuni qayd etish muhimki, ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda mazkur tizim mavjudligining boshidan oxiriga qadar mavjud bo‘ladi. Holatlar, miqdor ko‘rsatkichlari, qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi xususiyati, ularning tizimdagi roligina o‘zgaradi.
Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Xususan, 1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va tashqi ziddiyatlar; 2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar; 3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar; 4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi. Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasida, ikkinchi darajali ziddiyatlar esa – bog‘lovchi bo‘g‘inlar o‘rtasida Yuzaga keladi. Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‘qligi predmetning sifatini o‘zgartirmaydi. Muhim ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan avtomobil halokati Yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar, stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob’ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni to‘qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‘rib, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga sola bilish tafakkurning etuklik belgisidir.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‘rni nima bilan belgilanadi? Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya’ni rivojlanish nazariyasining eng muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari va kategoriyalarining asosi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz birlik va kurash munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz. Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali o‘rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.
Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan narsaning o‘zi ham yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega bo‘ladi. Ular muqarrar tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Sifat – narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui. Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va h.k. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi
Xossa – predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi. Xossalar muhim va ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin. Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va sifatga ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir..
Miqdor – predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatga bog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin. SHuningdek, miqdor turli predmetlarning ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. SHu ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy munosabatlar son, qiymat, funksiya, to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani aniq matematik apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan biriga aylangan.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni vaqtda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin