Exploration: A2 daraja - Tadqiqotchi: Raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha
bilim, ko‘nikmalarga ega va kasbiy rivojlanish maqsadida ta’lim jarayonida qo‘llanilmagan
texnologiyalar ustida izlanishlar olib boradi, o‘quvchilar bilan hamkorlikda tajriba sinov
jarayonlarni tashkil etadi.
Integration: B1 daraj - Integrator: Axborot texnologiyalar sohasini boshqa fan
sohalarida turli maqsadlar uchun foydalanish orqali o‘quv faoliyat davomida integratsiya
qilinishini ta’minlaydi. Bu orqali Integrator o‘zining kasbiy faoliyati jihatlarini rivojlantirishga
yordam beradi.
Expertise: B2 daraja – Ekspert: O‘qituvchi pedagogik faoliyati davomida ta’lim jarayoni
uchun zarur bo‘lgan raqamli ta’lim vositalarni aniqlashni hamda tatbiq etishni
tashkillashtiradi.
Lidership: C1 daraja – Lider: O‘quv jarayonni samarali tashkil etish uchun masofaviy
texnologiyalarni, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etib, boshqa pedagog
xodimlarga namuna bo‘ladi.
Innovation: C2 daraja – Innovator: Yangi pedagogik yondashuv va usullarni ishlab
chiqishda ta’lim bo‘shliqlarini to‘ldiruvchi innovatsion texnologiya imkoniyatlarini tatbiq etib,
ta’lim jarayonini boshqaradi.
Raqamli kompetensiya to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud bo‘lib, ayrim illmiy- tadqiqot
ishlarida raqamli kompetensiyaga shunday ta’rif berilgan: “
Raqamli kompetensiya – Axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish sohasidagiturli masalalarni yechish va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv kontentni yaratish imkoniyatini taqdim qiladi. Shuningdek, insonlar o‘rtasida savol javob ko‘rinishida o‘zaro muloqot muhitini tashkil etish, ma’lumot qidirish, almashish jarayonlarini amalga oshiradi .”
Dias Trindade va Fereyra “Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish
orqali raqamli muhitda ta’lim olishning yangi bir shakli tadbiq qilinganining namunasidir.”
Xulosa. Avvalo, bu jarayonni amalga oshirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan
raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini rivojlantirishi, samarali tashkil etish darajalarini
aniqlashlari muhim hisoblangan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Yevropa Ittifoqi ko‘plab Yevropa
mamlakatlari bilan hamkorlikda ta’lim muassasa pedagog kadrlari uchun onlayn so‘rovnoma
ishlab chiqdi. Bu onlayn so‘rovnoma asosida o‘qituvchilarning raqamli komptensiya
darajalarini aniqlashi, va ta’lim tizimi uchun zarur ko‘nikmalarini belgilab olishlari zarur
bo‘lgan.
Onlayn so‘rovnoma