Tushunchasini «Kelishildi» Direktor o`rinbosari


Lekciya mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə18/62
tarix17.02.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#84731
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Фалсафа тест

Lekciya mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari

1. Estetika” atamasini birinchi bo`lib kim ilmiy muomalaga kiritgan?.


*A)Baumgarten
B) Leybnis
C) Aristotel`
D) Feyerbax

2. Baumgarten estetikani qaysi jihatdan olib qaradi?


A) San`at falsafasi sifatida
*B) hissiy idrok etish nazariyasi sifatida
C) San`at nazariyasi sifatida
D) Garb falsafasi sifatida

3. Estetika nima? 


A) Inson axloqi, ezgulik va yovuzlikni anglash to`g`risidagi fan
B) Voqelikni estetik idrok etishning tabiati va qonuniyatlari to`g`risidagi fan
*C) Go`zallik, voqelikni estetik idrok etishning tabiati va qonuniyatlari, go`zallik qonunlari asosida ijod qilish to`g`risidagi fan
D) Badiiy asarlarni yaratish
4. Estetikaning fan sifatida inson hayot faoliyati sharoitlarini optimallashtirishning estetik, iqtisodiy, texnik, gigienik muammolarni tahlil qiladigan sohasi qanlay nomlanadi?
A) San`at estetikasi
B) Nazariy-informativ estetika
C) Texnika estetikasi
*D) Amaliy estetika

5. Estetika gumanitar fan sifatida o`z predmetini anglashning alohida usuliga ega, va u -


*A) Dunyoni simvollar orqali tasvirlash
B) His etish
C) Hayajonlanish
D) Badiiy dunyoni ratsionallashtirish

6.O`z mohiyatiga ko`ra estetikaning qaysi kategoriyasi kengroq tushuncha hisoblanadi?


A) Did
*B) Go`zallik
C) Uyg`unlik
D) ko`rkamlik

7.Quyidagi tushunchalar orasidan estetika kategoriyalarini ko`rsating:
A) Foydalilik, zararlilik
B) Ezgulik, yovuzlik
*C) Go`zallik, ko`lgulilik
D) Baxt, ideal

8.Qaysi kategoriyalar estetika kategoriyasi emas?


A) Go`zallik, o`lug`vorlik
B) Did, uyg`unlik
C) Fojeaviylik, kulgulilik
*D) Simpatiya, simmetriya

9.Inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratilgan go`zallik qaysilar ustuvor bo`ladi?


*A) aql, ruh va hissiyot
B) makon va zamon
C) makon, aql, zamon
D) hissiyot, makon, zamon

10.Inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog`liq bo`lmagan holda yuzaga keladigan go`zallik qaysilar salmoqli o`rinni egallaydi.


A) aql, ruh va hissiyot
*B) makon va zamon
C) makon, aql, zamon
D) hissiyot, makon, zamon

11.Axloqiylik va go`zallikning farqi nimada?


A) Axloqiylik ijtimoiy hodisa, go`zallik esa – tabiiy
B) Axloqiylik faqat insonlarga xos hodisa, go`zallik esa – barcha jonli mavjudotlarga
*C) Axloqiylik faqat insonning xatti-harakati, qilmishi orqali yuzaga keladi; Go`zallik esa, o`zini harakatsiz ham namoyon etaveradi.
D) SHakli va mazmunida

12.«Go`zallik hamisha foydalidir» degan fikr qadimgi zamon faylasuflaridan kimga tegishli? 


A) Aristotel`
B) Pifagor
C) Platon
*D) Sokrat
13.Kimning fikriga ko`ra, asl go`zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo`lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli?
*A) Platon
B) Sokrat
C) Aristotel`
D) Demokrit

14. U go`zallik masalasini o`z tadqiqotlari markaziga qo'yadi. U go`zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko`radi. Go'zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo`ladi. G o`zallikning yana bir belgisi, uning fikriga ko`ra, miqdorning cheklanganligi. Gap kim to`g`risida ketmoqda?


A) Sokrat
*B) Aristotel`
C) Platon
D) Demokrit

15.Forobiy qarashlarida ezgulik bilan go`zallik -


A) O`z-aro aloqador, lekin jiddiy farqlarga ega hodisalardir
B) Mustaqil hodisalar
*C) ma’lum ma’noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi.
D) Ushbu masala so`z etilmagan

16.Forobiy qarashlarida «Boyning boyligini bezab, kambag‘alning kambag‘alligini yashiradigan» go`allik – bu:


A) Odat
B) Qilmish
C) Xulk
*D) Adab

17.Mutlaq go`zallik faqat Allohga taalluqli bo`lishini, boshqa go'zalliklarning hammasi nisbiy ekanini aniq-ravshan bayon etgan sharq mutafakkiri kim?


*A) G`azzoliy
B) Ibn Sino
C) Forobiy
D) Ar-Roziy

18.Kalokagatiya nima?


A) Taqlid
*B) Ichki va tashqi narsalar uyg`unligi
C) Tashki go`zallik
D) Tasavvur

19.«Kalokagatiya» atamasi «komil badiiy go`zallik» degan ma`noni anglatadi va bu atama qaysi tildan olingan? 


A) Lotin
B) Olmon
*C) YUnon
D) Frantsuz

20.Estetik baholash «shkalasi»:


A) Foydali-zararli
B) Ijobiy-salbiy
C) To`g`ri-noto`g`ri
*D) Go`zal-xunuk

21.Estetik ong tarkibiga nima kirmaydi?


*A) Ko`nikmalar
B) Tuyg`ular
C) Did, ideal
D) Qarashlar

22.Tit Lukresiy Kar o`zining “Narsalarning tabiati” asarida san’atning kelib chiqishini nima deb izohlaydi?


A) Hayotni in`ikos qilish
*B) tabiatga taqlid
C) Tabiat shakllarini qayta yaratish
D) Inson ehtiyojining qoniqtirilishi

23.Renessans davri boshqacha qanday nomlanadi? 
A) Antik davr
B) O`rta asrlar
*C) O`yg`onish
D) Ma`rifatparvarlik

24.Yangi davrning ikki asosiy badiiy yo`nalishini aniqlang:


A) Romantizm, sentimentalizm
B) Klassitsizm, sentimentalizm
C) Klassitsizm, gumanizm
*D) Klassitsizm, romantizm

25.San`at nima?


*A) San`at voqelikni idrok etishning shunday turidirki, uning maqsadi, go`zallik qonuniga muvofik borliqni va insonning o`zini ijodiy ravishda o`zgartirish jarayonida, uning qobiliyatini rivojlantirishni shakllantirishdir
B) San`at – bu ijodiy jarayon
C) San`at estetikaning shunday turidirki, maqsadi insonning ijtimoiy siyosiy va aqliy qobiliyatini taraqqiy ettirishdir
D) San`at estetikaning shunday turidirki, narsa va xodisalarning zoxiriy tomonlari o`zgartirib o`rganadi

26.Estetikaning san`atga munosabati qanday: 1) estetika san’atning paydo bo`lishidan tortib, uning turlari vu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo`lgan barcha jarayonlarni o`rganadi; 2) estetika san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tatbiq etadi; 3) estetika san’at asarini idroketayotgan kishi ruhidagi o'zgarishlarni nafosat nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi.


A) 1, 3
*B) 1,2, 3
C) 1, 2
D) 2,3

27. Madaniyat va san`at -


A) O`z predmetiga ko`ra farqlanadi
B) Sinonim tushunchalar
*C) O`zviy aloqador, ammo aynan emas
D) O`zaro aloqadorlikka ega emas

28.San`at nimaga yo`naltirilgan?


A) Narsalar mohiyatini o`rganishga
B) Narsalardagi umumiylik va qonuniylikni anglashga
C) Narsalar o`rtasidagi aloqadorlikni ifodalashga
*D) Badiiy obrazlarni yaratishga

29.San`at sotsiologiyasi nima? 


*A) San`at sotsiologiyasi estetikaning shunday qismlaridandirki, u san`at bilan jamiyat orasidagi munosabatni o`rganadi
B) San`at sotsiologiyasi estetikaning tarkibiy qismlaridan hisoblanadi 
C) San`at sotsiologiyasi estetikaning shunday tarkibiy qismidirki, u san`atning o`zga fanlarga bo`lgan munosabatini o`rganadi
D) San`at sotsiologiyasi san`atning boshqa fanlarga bo`lgan munosabati o`rganadi 

30.Uning ideali — ma’nan va jisman go`zal inson. U insonni san’atning asosiy obyekti sifatida olib qaraydi, san’atning estetik va axloqiy me’zonlari masalasini o`rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib berishga urinadi.Gap kim haqida bormoqda?
A) Platon
*B) Sokrat
C) Aristotel`
D) Demokrit

31.San`atdagi xunuklikni ilk bor ijodiy anglagan mutafakkir kim?
A) Sokrat
B) Pifagor
*C) Aristotel`
D) Platon

32.Odamlarga lazzat bag`ishlay o`tirib, san`at qanday funktsiyani bajaradi?


A) Tarbiyaviy
B) Kompetnsatorlik
C) Estetik
*D) Gedonistik

33.Ma`rifat va ta`lim vositasi sifatida namoyon bo`la o`tirib, san`at kanday funktsiyani bajaradi?
*A) Tarbiyaviy
B) Kommnikativ
C) Bilish-evristik
D) o`zgartuvchi

34.San`atda fojia va fojeiy qahramon obrazini ifodalash qanday jihatlar bilan belgilanadi: 1)fojiaviy asar hayot va ijtimoiy aloqalarni qamrab olishi va real tasvirlashi; 2) inson shaxsini to`laqonli ravishda ifodalashi; 3) davrining yorqin insonparvar orzulari bilan axloq qoidalari o`rtasidagi to`qnashuvning


natijasini yoritishi; 4) ma’naviy jasorat, g‘ururli, erkparvar inson timsolini yaratishi; 5) insoniy idealga intilish va unga bo`lgan ishonchning mustahkamligi.
A) 2, 3, 4, 5
*B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4
35.«Katarsis» tushunchasini san’atga nisbatan birinchi marotaba ishlatgan – bu
A) TSitseron
B)Baumgarten
*C) Aristotel`
D) Gegel`

36.San`atning fazoli turlari -


A) Kino, teatr, raqs
B) Freska, grafika
C) Adabiyot, musiqa
*D) Haykaltarashlik. tasviriy san`at, me`morchilik

37.San`atning vaqtli turlari -


*A) Adabiyot, musiqa
B) Kino, teatr, raqs
C) Freska, grafika
D) Haykaltarashlik. tasviriy san`at, me`morchilik

38.San`atning fazoli-vaqtli turlari -


A) Adabiyot, musiqa
*B) Kino, teatr, raqs
C) Freska, grafika
D) Haykaltarashlik. tasviriy san`at, me`morchilik

39.Asosan muhrlar, idish-tovoqlardagi rasmlar va relyeflardagi tasvirlar qaysi davr va hudud tasviriy san`atiga xos bo`lgan?


A) Qadimgi Yunoniston tasviriy san`atiga
B) Qadimgi Bobil tasviriy san`atiga
*C) Qadimgi Somir tasviriy san’ati
D) Qadimgi Misr tasviriy san`atiga

40.Gilgamesh haqidagi doston -


A) Qadimgi YUnoniston badiiy adabiyoti namunasi
B) Qadimgi Bobil badiiy adabiyoti namunasi
C) Qadimgi Misr badiiy adabiyoti namunasi
*D) QadimgiSomirbadiiy adabiyoti namunasi

41.Qaysi davlatda me’morlik yuksak taraqqiyot va texnik mukammallikka erishgan?


*A) Qadimgi Misrda
B) Qadimgi Rimda
C) Qadimgi Yunonistonda
D) Qadimgi Xitoyda

42.Jo`mard o`g‘lon tarbiyasining asosini Konfutsiy nimada ko`radi: 1) qo`shiq, 2) udum, 3) musiqa?


A) 1, 3
*B) 1, 2, 3
C) 2
D) 3
43.Odamlar hayoti va faoliyati uchun zarur bo`lgan binolar va imoratlarni barpo etish qaysi san`at turining vazifasiga kiradi?
A) Haykaltarashlik
B) Amaliy
*C) Me`morchilik
D)Bezakli

44.O`z tabiatiga ko`ra sintetik bo`lgan san`at turi – bu:
A) Musiqa
B) Tasviriy san`at
C) adabiyot
*D) Kino

45.Voqelikning konkret individual hodisalarda umumiylashtirilgan holda aks ettirilishi qanday nomlanadi?
*A) Badiiy obraz
B) Badiiy ifodalash
C) San`at turi
D) San`at shakli

46.Badiiy did, ijodiy ruh, qadriyaviy mo`ljallarni shaklantira o`tirib, san`at kanday funktsiyani bajaradi?
A) Tarbiyaviy
*B) Estetik
C) Axboriy
D) gedonistik
47.Inson tanasining ohangli va ritmli harakatlari bo`lib, u odamlar xarakterlarini, ularning tuyg`ulari va fikrlarini yoritib beradi, - bu:
A) pantomimo
B) kino
*C) Raqs
D) teatr

48.Rasm san`ati -


A) me`morchilik
B) Freska
C) Haykaltarashlik
*D) Grafika

49.Predmet va hodisalarni hamli-fazoli ifodalash -


*A) Haykaltarashlik
B) Me`morchilik
C) Grafika
D) Tasviriy san`at
50.Asosiy badiiy-ifodalash vositasi – bu:
A) Plakat
*B) Rang
C) Panno
D) gravyura


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin