Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 26,87 Mb.
səhifə25/42
tarix21.09.2023
ölçüsü26,87 Mb.
#146379
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: 3x4” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi:
O’quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga; qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (Vatan himoyachilari kunini keng qamrovli tarzda faollar zalida ham amalga oshiriladi)
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
18-mavzu-Chiroyli hulq-inson ziynati
Kun shiori: Inson odobi bilan go’zal
Maqsad: O’quvchilarga chiroyli hulq,ezgu fazilatlar haqida ma’lumot berish,ajdodlarimizning ibratli fikrlari bilan tanishtirish..O’quvchilarni atrofdagilarga yaxshilik va faqat yaxshilik qilishga o’rgatish.
O'quvchilarda ezgu fazilatlarni kamol toptirish.
TK-1: xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;
TK-5: kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladi.
I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
II.Asosiy qism:
Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.
Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.
«Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlk!





Yüklə 26,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin