Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Topshiriq: “Davlatimiz madhiyasini izohlab berish ”



Yüklə 26,87 Mb.
səhifə22/42
tarix21.09.2023
ölçüsü26,87 Mb.
#146379
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: “Davlatimiz madhiyasini izohlab berish ”
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
15-mavzu: Tartibga soluvchining ishoralari
I-Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : tartibga solish vositalari, ahamiyati va yo’l harakati qoidasiga
rioya etish umr foydasi ekanligini turli misollar orqali tushuntirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: tarqatma material, rasmlar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
«Yo‘l harakati qoidalari» bizning hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Hohlaymizmi-yo‘qmi, har bir harakatlanish ishtirokchisi (yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar) qatnov qismlarida harakatlanadi. Shu bilan birga ular yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishdan manfaatdordirlar. Yo‘l harakati qoidalarining asoslaridan biri bo‘lgan yo‘l belgilari transport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga va umuman barcha harakatlanish ishtirokchilariga taalluqlidir. Yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining aksariyati belgilarga qaramay yoki ahamiyat bermay harakatlanayotgan yo‘l ishtirokchilariga tegishlidir. Shu bois, ularni yaxshi o‘rganish inson hayoti uchun juda muhim.
Yo‘l belgilari quyidagi yettita guruhga bo‘linadi:
1) ogohlantiruvchi belgilar;
2) imtiyoz belgilari;
3) taqiqlovchi belgilar;
4) buyuruvchi belgilar;
5) axborot-ishora belgilari;
6) servis belgilari;
7) qo‘shimcha axborot belgilari.
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi.
Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo‘lgan aksari teng tomonli uchburchak shaklidan iborat. Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‘lning qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining
harakatlanish navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bunday belgilar boshqa guruh belgilaridan olingan bo‘lib, ularning shakllari turlichadir. Taqiqlovchi belgilarning asosiylari foni oq, hoshiyasi qizil, doirasimon shakldan iborat bo‘lib, harakatlanishni ma’lum darajada cheklaydi yoki umuman taqiqlaydi.





Yüklə 26,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin