Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 26,87 Mb.
səhifə20/42
tarix21.09.2023
ölçüsü26,87 Mb.
#146379
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulot jihozi: Mavzuga oid rasm,tarqatma material, DVD
S inf soati mashg’ulotning borishi
Tashkiliy qism:
O’quvchilarni mashg’ulotga hozirlash
Ma’naviyat daqiqasi:
Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus-erur qonunlarning to’plami,
Qonunlarni dildan tuymoq istadim.
II.Asosiy qism
O’zbekiston xalqining istiqlolga erishganlik baxti uning mustaqillik qomusi bo’lmish Konstitutsiyada mustahkamlangan.Kostitutsiya dunyo siyosiy xaritasida yangi demokratik davlat-O’zbekiston Respublikasi paydo bo’lganligini tasdiqladi.Konstitutsiya xalqning o’zini o’zi boshqarish,erkinlik va ijtimoiy adolat,insonparvar davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish to’g’risidagi orzusini ifodalagan. Konstitutsiyada mustaqil mamlakatimizning mazmun-mohiyati,uning siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy va huquqiy tizimining demokratik tabiati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari qat’iy belgilab qo’yilgan.Konstitutsiya bu istiqbol va mustaqil O’zbekiston ramzidir.1992-yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan mamlakatimizning Asosiy qonuni bir ovozdan qabul qilindi.
Konstitutsiyamiz muqaddima , olti bo’lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.Uning birinchi bo’limida 4ta asosiy prinsip bayon etilgan.Bular-davlat suvereniteti,xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat prinsiplaridir.

Yüklə 26,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin