Ogohlantiruvchi ishoralar Falokatli holatlarning oldini olish maqsadida, harakatlanish yo’nalishini o’zgartirishda qo’llaniladigan ishoralar.
Piyoda Yo’lda transport vositasidan tashqarida bo’lgan va ish bilan band bo’lmagan shaxs.
Velosiped, moped, motosikl va chana etaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib ketayotgan, nogironlarning yugizgichsiz aravasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.
Piyodalar o’tish joyi Yo’lning qatnov qismini piyodalar kesib o’tishi uchun mo’ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1–1.14.3 chiziqlari bilan ajratilgan qismi.
Chiziqlar bo’lmasa piyodalar o’tish joyining kengligi 5.16.1, 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Piyodalar yo’lkasi Yo’lning piyodalar harakatlanishi uchun mo’ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi Qoidalarning 5.2 band talablariga muvofiq yo’lda bir yo’nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.
Qatnov qismi Yo’lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo’ljallangan qismi.
Qorong’i vaqt Kechki g’ira-shiraning ohiridan tonggi g’ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.
Quvib o’tish Egallagan harakatlanish bo’lagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan o’zib ketish.
III. Yakuniy qism:O’quvchilarni rag’batlantirish.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil 13-mavzu: Huquqiy madaniyat – komil insonlik belgisi I.Kirish: Sinf soati mashg’ulotning maqsadi:O’quvchilarga Konstitutsiya haqida batavsil ma’lumot berish. Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.