Sinf soatilar qanday bo‘lishi kerak? − Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi Sinf soatilar ham yaxlit Sinf soati usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan Sinf soati ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Sinf soati ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z Sinf soati faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.
Sinf soatilar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan Sinf soatilar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash Sinf soatilarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, Sinf soatilar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Umumta’lim maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Sinf soatilar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan Sinf soati-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun Sinf soati dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Sinf soati”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Sinf soati”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Sinf soati” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda Sinf soati-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Sinf soatilarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
Yakuniy qism.
Sinf soatilarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.
(Izoh: Taqdim etilayotgan Sinf soatilar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)