2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.
O’qituvchi butun bir dars davomida o’quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:
Yakunlovchi qism:
Vatanga bo’lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g’urur, Vatan ishqi jo’sh urmagan odamdan jasorat kutib bo’lmaydi.
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Maktab MMIBDO‘______________________ ____________________ sana______ _______ 20___yil
2-mavzu: Ona tabiyatni asraylik
Kun shiori: “Dunyoda chang va tutun bo’lmaganida, odamzod ming yil umr ko’rishi mumkin edi”
Maqsad: O’quvchilarga fan oylikda e’tiborni kuchaytirish, qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, uni kelgusi avlodlarga sog’lom holda yetkazish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini, tabiatni asrab-avaylash tuyg’ularini ular ongiga singdirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.
Doskada:
Neki so’rsak, berding barini,
Cheksiz osmon, yerning qa’rini,
Oyu quyosh xizmatimizda,
Ayamading har na borini.
Biz-chi, senga qildik xiyonat,
Bizni kechir, Ona tabiat.
Komil Sindarov
O’qituvchi:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.
Ma’lumki, inson tabiatga beparvo, bo’lib unga g’amxo’rlik qilmasa, ekologiya buziladi, hayvonot dunyosi qiriladi.Shu bois go’zal va betakror tabiatni ardoqlash uni ko’z qorachig’iday asrash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir.
Insonning tabiatga notog’ri munosabati natijasida ko’plab o’simlik va hayvonlar yo’qolib ketdi va bugun ham yo’qotishlar davom qilmoqda.
“Tabiat - tiriklik sharti”- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim.
I nson tabiatni qo’riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo’shadi. Shunday ekan, o’quvchilar qalbida tabiat ne’matlarini – boyliklarini qo’riqlash, ularni avaylab asrash hislarini rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o’qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va ijodkorlikni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |