Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism: Buyuruvchi belgilar asosan havo rang, belgisi oq, ko‘rinishi doira shaklida bo‘lib, transport vositalarining muayyan tartib bo‘yicha harakatlanishini talab etadi.
Buyuruvchi belgilar, odatda, yo‘lning muayyan tartib bo‘yicha harakatlanish lozim bo‘lgan qismlari oldida o‘rnatiladi. Bu belgilarning ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldida
o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
4.1.2. «Harakatlanish o‘ngga» Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga to‘g‘riga harakatlanishni, chapga burilishni
va ortga qayrilishni taqiqlaydi.
4.1.3. «Harakatlanish chapga» Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga to‘g‘riga harakatlanishni, o‘ngga burilishni taqiqlaydi, biroq ortga qayrilishga ruxsat etadi.
4.1.4. «Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga» Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga chapga burilishni va ortga qayrilishni
t aqiqlaydi.
4.1.5. «Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga» Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga o‘ngga burilishni taqiqlaydi, biroq ortga
qayrilishga ruxsat etadi.
III.Yakuniy qism: O’quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 34-mavzu: Oltin yoz – o’tsin soz! Kun shiori:“Yoz qanday sozl” Maqsad: O’quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho’milish havzalariga borganda ehtiyot bo’lishlikni uqtirish.