Topshiriq: Maqollar olamiga xush keldingiz mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o’zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida.
Masalan: Yurti boyning o’zi boy, Mehnat qilganning qo’li moy davom ettiring.
Maktab MMIBDO____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 31-mavzu: Xotira ulug qadriyat (9 may Xotira va qadrlash kuni oldidan). Kun shiori: Bugungi tinch kunlarga shukronalik bilan yashaylik Maqsad: O’quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuygularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bolish xislatlarini tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, ozining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bolish layoqatlarini shakllantirish.
M illiy va umummadaniy kompetensiya vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga etiqodli bolish, badiiy va sanat asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va soglom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz, Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi, Manaviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Xotira va qadrlash muqaddas manaviy tuygu O’qituvchi:
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yil 2-martdagi Farmoniga asosan Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo’lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O’zbekistonning barcha o’g’lonlari xotirasini abadiylashtirish muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarda turib Vatan obro’-etiborini yuksaltirishga, yoshlarni manaviy- axloqiy jihatdan tarbiyashlashga hissa qo’shayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qo’yish maqsadida Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 9-mayni Xotira va Qadrlash kuni deb elon qildi va bu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
Inson chindan ham ulug’ nomga sazovor bo’lsa, u o’z qadriga yetish bilan birga o’zgalar qadrini ham baland tutib, odamiylik burchini to’g’ri ado etadi. Ana shu insoniylik burchlaridan biri o’tganlar ruhini shod etib, ular xotirasini, qadr-qimmatini o’z joyiga qo’yishdir.
Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko’rsatilishi shart,- deb takidlaydi Har bir insonning o’z orni o’z qadr-qiymati va munosib xotirasi bor.