Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 19,01 Mb.
səhifə38/39
tarix02.10.2023
ölçüsü19,01 Mb.
#151519
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

33-mavzu: Vaqtni qadrlash.
Kun shiori: Vaqt – eng bebaho xazina”
Maqsad: Vaqt nima? Vaqtni qadriga yetishni o’quvchilar ongiga singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O’qituvchi:
Ko’cha-ko’yda qayergadir shoshilayotgan, jo’shqin hayot bilan yashayotgan insonlarni uchratib qolamiz. Yana ba’zida kun bo’yi televizor qarshisida yastalanib yotgan, yoki tinimsiz kompyuter o’yinlari-yu, ishtimoiy saytlarda sayr qiladigan, mobil telefonini kovlashtirib vaqtini behudaga sarvlashni xush ko’radigan yoshlarni uchratib qolamiz. Shunday paytlarda aqlli va donishmand kishilar umrni qadrlab, undan unumli foydalanishga harakat qilganlarini eslatib o’tamiz. Bir
faylasuf shunday degan: «Vaqt bizning eng arzon va ayni vaqtda eng qimmatbaho
mulkimizdir, chunki vaqt tufayli biz hamma narsaga erishamiz». Darhaqiqat, tanamizga kirib-chiqayotgan har bir nafas bizni abadiy tark etayotgan betakror vaqtimizning ifodasidir.
Abul Faroj: «Odam tabiatan qiziq yaratilgan, boyligini yo’qotsa xafa bo’ladiyu, umri zoe ketayotganiga esa parvo qilmaydi», degan.
Abu Homid G’azzoliy yigirma to’rt soatni yigirma to’rt xazina, degan. Qachonki, bu xazinadan
birining eshigi ochilsa, yo yaxshi, yo yomon amallar ko’rinadi. Yana birining eshigi ochilsa, na yaxshi va na yomon amallar bo’lmas ekan. Bunisi hech amal qilmay zoe o’tkazilgan vaqt bo’lib, undan egasi qimmatli vaqtini boy berganidan qattiq afsuslanar ekan. Shu bois, yigirma to’rt xazinani na o’zi va na boshqalar uchun befoyda amallar evaziga sovurish aqli raso kishining ishi emas. O’tgan ulug’ zotlar umrga loqayd qaramagandan tashqari nafsini tergab, har kunini qanday o’tkazgani va bundan qanchalik manfaat yetishini tafakkur qilib turishgan.
Shayx Najmiddin Kubro vaqtni qilichga o’xshatib, shunday degan: “Vaqt keskir bir qilichdir. Agar keskir bo’lmasaydi, anglab idrok etguningcha seni ko’tardi. Holbuki, u keskir bir qilich harakati ila hukmini ado aylar”.
She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy inson umrini bebaho xazinaga qiyoslab, uning qadr-qimmatini to’g’ri anglashga alohida e’tibor qaratadi. Ul zot har bir nafas va daqiqani duru gavharlar bilan teng ko’rib, undan oqilona foydalanish lozimligini uqtiradi. Chuqurroq fikr qilsak, bir lahzalik yashash hadisini bilmagan kishi butun hayoti davomida to’g’ri yashay olmaydi. Inson
boylikni juda misqollab va sabr-toqat bilan qo’lga kiritadi. Shuningdek, inson sarf
qilib turgan vaqt ham shunday qadrli boylik. Biroq u bu “boylik”ka mehnatu
zahmat chekib erishmagani bois, qadriga yetmaydi.



Yüklə 19,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin