Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


“ Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar”



Yüklə 19,01 Mb.
səhifə9/39
tarix02.10.2023
ölçüsü19,01 Mb.
#151519
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

“ Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar”.
Topshiriq: Har bir maktabning faxrli va keksa avlod vakillari bo’ladi, o’quvchilar ularga atab dil izohlarini taqdim etadilar.
Bunda o’quvchilarning so’z boyligi va adabiyotga ixlosi kuzatiladi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘______________ ________________________ sana_____ ____ 20___yil
5-Mavzu: Saylovning mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunchilik
I.Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O’quvchilarga saylovning mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunchilik to‘g‘risida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: Kun tartibiga oid foto va plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg‘ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan O‘quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism.
Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, хalqning o‘z хohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”1. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, хalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.
Saylov хalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir.
Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga хizmat qiladi.
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tariхiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi3. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik хukm surishi va shaхs, jamiyat, davlat хavfsizligining ta’minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro‘yobga chiqishiga ham bevosita bog‘liqdir.
E rkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan хalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaхsning o‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali qatnashish huquqi ko‘pgina хalqaro hujjatlarda alohida ta’kidlangan. Fuqarolarning bevosita saylov jarayonida, o‘zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish huquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlat qay darajada demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga baho berish mumkin.



Yüklə 19,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin