III.Mashgulotni yakunlash
1. Nima uchun Vatanimiz tarixini, ajdodlar merosini o'rganamiz?
2. Mustaqillik yillarida tiklangan qaysi obidalarni bilasiz?
3. Ziyoratga borish odobi haqida kattalar bilan suhbatlashing.
4. O'zingiz yashayotgan hududdagi ziyoratgohlar haqida nimalarni bilasiz?
Faol qatnashgan oquvchilar ballari elon qilinadi.
Maktab MMIBDO_______________ _________________________sana______ ____ 20___yil
4-mavzu: Ustozlar elda aziz
(1-oktabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
Kun shiori: Olloh doimo qalbimizni, marifat nurlari bilan bezasin
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ustozlar qadriga yetib, ularni ezozlash lozim ekanligini uqtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi media manbalardan zarur malumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini taminlashni, media madaniyatga ega bolish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, ozining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bolish
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: Manaviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Dedilar, dunyoda asli kim aziz,
Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz
Ustozin qadriga yetolgan Inson.
Abdulla Oripov
O’qituvchi:
Bir umr sizga tazimdamiz, aziz ustozlar!
Doim ezozdasiz, qalbi daryolar,
Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada,
Hech charchamang, aziz muallimlar!
Respublikamizda talim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko’plab talim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib korsatish.
Har kuni, har soatda fidoiy bolish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu.
(Yuksak manaviyat yengilmas kuch)
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydan:
Siz qanday qilib shunday ilmga erishdingiz?- deb sorashganida, alloma kamtarlik bilan shunday javob bergan ekan:
Savol beruvchi til, biluvchi qalb, mening qobiliyatimni topa olgan va iqtidorimni anglagan sabrli muallim mehnatiga tasanno.
Ulug’ bobomizning bu tariqa ustoz xizmatini alohida etirof etganligi bejiz emas.Zero, Sharq talim tizimining mazkur ilg’or usuli yevropolik tadqiqotchilar tomonidan ham ibratli tajriba sifatida baholangan edi.
Hamma ustozlarga sog’lik, uzoq-umr tilab, shunday niyat qilamiz-
Dostları ilə paylaş: |