Maktab MMIBDO____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
34-mavzu: Foydali va maroqli dam mehnatga hamdam.
Kun shiori: Yoz juda soz
Maqsad: O’quvchilarga yozgi tatilni mazmunli o’tkazish boyicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho’milish havzalariga borganda ehtiyot bo’lishlikni uqtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi media manbalardan zarur malumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini taminlashni, media madaniyatga ega bolish layoqatlarini shakllantirish.
Ozini ozi rivojlantirish kompetensiyasi doimiy ravishda oz-ozini jismoniy, manaviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil oqib-organish, kognitivlik konikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, oz xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish konikmalarini egallash.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz, Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz,Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi, Manaviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar
Doskada: Yoz faslida vaqt o’tganin bilmay qolasan
O’qituvchi:
Mana, yana tatil onlari yaqinlashib qolmoqda. Yozgi tatilni har bir o’quvchi o’zining shaoitidan kelib chiqib rejalashtiradi.
Avvalom bor, nima uchun tatil yozda ko’proq beriladi?
Yozda havo haddan tashqari isib ketadi.
Marifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yoz fasliga shunday tarif beradi: Yoz faslida daraxtlarning bargi yashil bo’lib, yashil barglari orasida mevalari taram-taram qizorib, ekinlar fishub, oqil insonlar kabi boshlarini egub salom qilurlar. Bog’lar o’zlarini gullab, rang barang yafrog’lar ila yasaturlar. Maktab va madrasalarda o’qushlar to’xtalub, shogirdlar har tarafga sayohat qilurlar.
Mohir pedagog Abdulla Avloniy ham yoz fasli ayniqsa, o’quvchilar, talabalar va ustozlar uchun tatil berilishining o’zida albatta sir-sinoat bor. Chunki, aql mehnat qiladigan kishilar albatta yaxshi dam olmog’i kerak. Aynan uch oylik tatil ham yoz fasliga to’g’ri keladi. Dam olish yaxshi, lekin yozgi tatilni imkon darajada mazmunli o’tkazish darkor.
Yozgi tatilni uch qismga bo’lib olib, undan unumli foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Albatta, ko’pchilik o’quvchilar yozda mehmonga borishga, oromgohlarda dam olishga, qo’shimcha til o’rganishga, sport mashg’ulotlariga va biz iloji boricha vaqtni baddiy adabiyotga bag’ishlashimiz shart.
Tatilda o’zi ko’pchilik kitob o’qishga sarflaydi.
Bu esa o’quvchi bo’sh vaqtining samarasidan darak.
Topshiriq: Har bir o’quvchi yozgi kun tartibini tuzadi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq meyorlariga etiborli bo’lishlikka, faollikka, jon’uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
Dostları ilə paylaş: |