Maqsad: Tabiyat va inson oratasaidagi bogliklik haqida malumot berish; Ozini ozi rivojlantirish kompetensiyasi doimiy ravishda oz-ozini jismoniy, manaviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, oz xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish konikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bolish layoqatlarini shakllantiradi
T abiat va inson ortasidagi munosabat malum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo ozining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bolgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi orinda turadi. Albatta, ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarining taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bolishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi.
Hozirgi davrda insoniyat, u qanday xavf qarshisida kelib qolganligini tushunib yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etdi.
Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli ozgarishlar roy bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bolgan ekologik xavfsizlik klassifikatsiyasida bolgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab otmadi. Bu xavflardan ozon qatlami muammolari, yani yemirilishi, iqlimning ozgarishi, chollanish, toza ichimlik suvi tanqisligi, Orol dengizi muammosi, hayvonot va osimlik dunyosi turlarining qisqarib borishi, osimlik dunyosining noqonuniy kesilib borishi, yer degradatsiyasi, suv resurslari tanqisligi, atmosfera ifloslanishi shular jumlasidandir.
Ekologik fojialarning bu darajadagi jadallashib borishida ekologik ong va ekologik madaniyat alohida orin tutadi.
Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik madaniyatini oshirish orqali huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillari asosida tabiatdan foydalanishni yolga qoyish, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqimiz ongi va madaniyatida ona Vatanimiz tabiatiga bolgan mehr-muhabbatini oshirish, uni asrab-avaylash va kelgusi avlod uchun zarur hayotiy sharoitlar qoldirishimiz kerakligini korsatishdir.
Davlatimiz bozor iqtisodiyotiga otish davrini boshdan kechirayotgan hozirgi kunda kop sarmoya talab qiladigan ekologik tadbirlarni otkazish qiyindir. Lekin xalqimiz eng avvalo yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, xalqiga sodiqlik, ongida millatimiz va davlatimiz rivojiga xavf solib turgan xodisalarga, shu jumladan, ekologik xavfga ham, faqat ularni bilishi va sodiqligi, tadbirkorligi va masuliyatliligi bilan javob bera olishi hamda xavfni bartaraf etish mumkinligini singdira olishimiz, shu jumladan, ekologik ong va madaniyatni yolga qoyish orqali kelajakda sodir bolishi mumkin boladigan kop ofatlarning oldini olish mumkin boladi.
Faol qatnashgan oquvchilar ragbatlantiriladi