Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 19,01 Mb.
səhifə4/39
tarix02.10.2023
ölçüsü19,01 Mb.
#151519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

Tasdiqlayman:
Maktab MMIBDO‘: __________________________________
Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quv-mavzu rejasi
7–SINF



O‘tiladigan mavzular

Soat

Rejada

Amalda

1.

O’zbekiston –muqaddas diyor.

1







2.

Umumiy qoidalar haqida. (yo’l harakati qoidalari)

1







3.

Tarixiy obidalarga sayohat (27-sentyabr-xalqaro turizm kuni)

1







4.

Ustozlar – elda aziz (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1







5.

Saylovning mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunchilik

1







6.

Ko‘chalarda piyodalar qanday harakatlanishlari kerak (Yo‘l harakati qoidalari)

1







7.

Tilga e’tibor – elga e’tibor (Filologiya fanlari oyligi doirasida).

1







8.

O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlanish tarixi. (Yo‘l harakati qoidalari).

1







9.

O‘smirlik yoshidagi qizlarning salomatligi va o’ziga xos psixologik xususiyatlari

1







10

Bilimli yoshlar - yurt tayanchi (Rus tili fani oyligi doirasida)

1







11.

Bayrog’imiz-faxrimiz (18 noyabr – O’z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan)

1







12.

Yo’l qoidasi-umr foydasi. (yo’l harakati qoidalari)

1







13.

Qomsimiz- baxtimiz (8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan). (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

1







14.

O’zbekiston - Sharq mash'ali (10 dekabr – O’z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

1







15.

Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi

1







16.

Yangi yilga yangicha qadam (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

1







17.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

1







18.

Kitob ma’rifat chirog‘i.

1







19.

Yo‘l belgilari(buyuruvchi va axborot-ko‘rsatkich belgilari).

1







20.

Buyuk allomalar hayoti – ibrat namunasi
(Navoiy va Bobur tavallud kunlari)

1







21.

Suyaklarning sinishi va chiqishi holatlarida birinchi yordam ko‘rsatish. (Yo‘l harakati qoidalari

1







22.

Fan, texnika – sirli tilsim (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)

1







23.

Hamma kasblar kerak, hamma kasblar muhim!

1







24.

Jannat onalar oyog’i ostidadir (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)

1







25.

Yo‘l belgilari (buyuruvchi va axborot-ko‘rsatkich belgilari) (Yo‘l harakati qoidalari).

1







26.

Qadimiy qadriyatlarimiz (21 mart – Navro’z bayrami munosabati bilan)

1







27.

Amir Temur tuzuklarida ilm-fan, axloq odob haqida (Amir Temur tavalludi munosabati bilan)

1







28.

Velosiped, motosikl, hamda motorollerlarda odam va yuklarni tashishi qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari )

1







29.

Ona zamin (22 aprel-xalqaro yerni muhofaza qilish kuni)

1







30.

Shaxsiy layoqatlar

1







31.

Xotira –ulug’ qadriyat (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan)

1







32.

Mening xarakterim, kamchilik va yutuqlarim

1







33.

Vaqtni qadrlash.

1







34.

Foydali va maroqli dam – mehnatga hamdam

1









1-mavzu: O‘zbekiston –muqaddas diyor!
Kun shiori: “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”
Maqsad: Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug’, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo’lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar
Doskada:
O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni so’rmay, ko’rmay bo’lurmi?
Ko’z ko’rgani yoshu qarining –
Ona bag’rin sevmay bo’lurmi?
Abdulla Oripov
O’zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.
Z ar unadi tuproqlarida,
Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog’larida,
Biling, bu yurt O’zbekistondir!
Dillarida duolari bor,
Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt O’zbekistondir!
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda. BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT
Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Topshiriq: Bayram munosabati bo’lganligi uchun ko’tarinki, kayfiyat ila o’quvchilardan ona-yurtimiz O’zbekistonimizni madh etuvchi she’r va qo’shiqlardan bahramand bo’linadi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 19,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin