Topshiriq: “Kuzatish” mashqi. O`quvchilardan tevarak-atrofga bir nazar tashlash tavsiya etiladi. Nimalarni his qildingiz? O`quvchilar o`z qarashlarini izohlaydilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘______________________ _________________________ sana______ _______ 20___yil
3-Mavzu: Stresslar va ularni boshqarish psixologiyasi (stress management)
Kun shiori: “Biz sizni judayam yaxshi ko`ramiz,”.
Maqsad: O`quvchilar stress holati va ularni boshqarishb to’g’risida ma’lumot berish, stress holatidagi odamlarga yordam berishga undash .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
F oydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, s laydlar, tarqatma materiallar,
I.Tashkiliy qism. Salomlashish,davomat,tozalikka e’tibor qaratish
II.Asosiy qism: Keyingi paytlarda stress, tushkunlikka tushish kabi so`zlar tez-tez qo`llaniladigan bo`lib qoldi. Bu holat ba`zida oilaviy ajrimlar, ba`zan o`z joniga qasd qilishga urinishdek xunuk oqibatlarni keltirib chiqarayotgani odamni tashvishga soladi. Stress nima? Uning yuzaga kelishiga qanday omillar sabab bo`ladi:
– “Stress” inglizcha so`z bo`lib tanglik, zo`riqish, bosim degan ma`nolarni anglatadi. Oddiy tilda tushkunlikka tushish, deyiladi. Bu ba`zida oz fursat, ba`zida uzoq vaqt kechishi mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar etkazadi. Ya`ni, aqliy faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar – oshqozonda yallig`lanishlar kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Stressning salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab, ma`nosiz fikrlaydigan darajaga tushirib qo`yishi mumkin. Agar odam tez-tez tushkunlikni boshidan kechirsa, atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga tushadi. Stress natijasida inson o`ziga past baho bera boshlaydi. Oqibatda o`zini yolg`izdek, yaqinlariga keraksizdek his qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo`qola boshlaydi.
– Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo`ladi?
– Uning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo`rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy ofatga uchrash, tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to`satdan yaqin kishisini yo`qotish fiziologik stressni keltirib chiqaradi. Psixologik stress – insonning emosional holati bilan bog`liq. Bu ko`proq qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola o`rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. Uzoq vaqt birga bo`lgan sevgilisidan ajralish yoki to`satdan ishdan bo`shatilish holatlari ham psixologik stressni keltirib chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta`sir ko`rsatadi va albatta, asoratlari bo`ladi.
– Ba`zi odamlarda fiziologik yoki psixologik stress holati kuzatilmasa-da, hayotdan zerikish, o`zidan qoniqmaslik, yashashga bo`lgan istak kamayib ketadi. Bu holatni qanday baholaysiz?
– Bu holat inson yoshlikda yoki hayoti davomida yaqin odamidan ko`ngli to`lmay yashashi natijasida yig`ilib qolgan tanglik oqibatida paydo bo`ladi. Ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topolmaslik, atrofdagilar tomonidan tan olinmaslik natijasida yig`ilib qolgan asoratlar ham sabab bo`lishi mumkin. Bu omillar bir kun kelib ta`sirini ko`rsatadi. O`zini kamsitilgandek his qilish, hayotning qizig`i yo`qdek tuyulishi natijasida yolg`izlanib qoladi va joniga qasd qilish haqida o`ylay boshlaydi. Joniga qasd qilish irodasizlikdan kelib chiqadi. Hammasiga nuqta qo`ysam, qutulaman, deb o`ylaydi. Odamning xayoliga bu fikr kelishi bilan o`z ustida ishlashi kerak. Kamchilik va xatolarga yo`l qo`yish, uni tuzatish insonga xos. Ammo hayotni to`xtatishga diniy tarafdan ham, ruhiy tarafdan hech kim haqli emas.
Davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida tibbiyot kasb-hunar kollejlari negizida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o`rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar bo`yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo`yicha maxsus o`quv kurslari tashkil etilishi haqida vazifalar ham belgilangan. Shundan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlari, mahalla hamda xotin-qizlar faoliyat yuritadigan tashkilotlarda amaliy seminarlar o`tkazishni yo`lga qo`yildi. Kimnidir sog`lom hayotga qaytarsak, baxtli ekanini ko`rsak, albatta, xursand bo`lamiz
Dostları ilə paylaş: |