Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
34-Mavzu: Mustahkam oila qurish bilim-ko’nikmalari
Kun shiori:Bir-birimizga ishonch-mustahkam oila asosidir !
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning azizligini, bir-birovimizning qadriga yetib yashashlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O iladagi muhit insonning o‘ziga xos ma’naviyati, dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodining shakllanishida, yuksalishida muhim omil. Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, aynan oila bag‘rida shakllanadi. Xalqimizda kishining qanday ekanligi, uning o‘zini tutishi, tarbiyasi, fe’l-atvori oilasiga bo‘lgan munosabat bilan baholanadi. Bu esa uning jamiyatda o‘z o‘rnini to-pishida muhimdir.
Bu muqaddas dargohda nafaqat farzand dunyoga keladi, balki ma’nan va axloqan go‘zal tarbiya egasi bo‘lgan inson voyaga yetadi. Oila shunday makonki, unda avlodl ar kamol topadi. Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi, sog‘lom avlodning yaralishi yo‘lida doimo e’tiborda bo‘lgan. Bunday g‘oyalar avlodlar qalbi va ruhiyatiga singdirib borilgan.Oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sog‘lom muhitni yaratadi. Zero, sog‘lom tarbiya tufayli oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro yakdillik, fi krlar uyg‘unligi, maqsadlar mushtarakligi yuzaga
keladi. Farzand tarbiyasi! Qanchalik mukammal, sinoatga to‘la, insoniy muomala-munosabatlar umumlashgan ushbu kalomda. Yaxshi farzand — ota-onaning bebaho mulki, qalb gavhari, muborak siri va ulkan kash.
Darhaqiqat, kishining baxtsizligi, uning tarbiyasizligida. Tarbiyasiz kishida ma’naviy yuksalish bo‘lmaydi, fikrlash darajasi rivojlanmaydi. Unda vatanga, oilaga xiyonatkorlikka moyillik tuyg‘usi shakllanib boradi. Bunday inson mohiyatan «yalong‘och» bo‘lib, aynan go‘zal odob, ibratli axloqqa asoslangan ta’lim-tarbiya uni «kiyintiradi», zeb beradi, yuksaltiradi, ma’naviy barkamollik sari eltadi.Qayerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va barqaror bo‘ladi. Dunyoda yuz beradigan har qanday o‘zgarishlar, xoh u iqtisodiyotda, xoh ma’naviy-siyosiy sohalarda bo‘lsin, o‘z ta’sirini avvalambor oila muhitida namoyon etadi. Har bir millatning saodati va ravnaqi, albatta, shu xalqning ichki intizomi hamda totuvligiga bevosita bog‘liq. Tinchlik, totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi.
O‘zbekistonda oila davlat muhofazasida. Zero, oilaga muntazam g‘amxo‘rlik qilish, unga har taraf ama moddiy va ma’naviy ko‘mak berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan sanaladi.
«Taassufki, ba`zi ota-onalar o`z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kuni bir o`zgarish ro`y berib, ko`zida yangi-yangi savollar paydo bo`layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar ota oilada o`zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o`rnak bo`lish o`miga qo`pol muomala qiladigan bo`lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma`naviy olamining shakllanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo`ladi». Ta’tilingiz maroqli o’tsin
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
Dostları ilə paylaş: |