3. Yo`l-yo`lakay. Ishingiz qor parchasidek ko`payib ketib, kiyimingizni dazmollash, rasm chiqarish yoki mushugingizga ovqat berish yodingizdan ko`tarildimi? Kuyib-pishishni bas qiling. Ishingizni tartibli rejalashtirishni o`rganing!
— Kundalikka yoki qo`l telefoningizga “eslatmalar” yozib oling.
Yuviladigan yoki ta`mirtalab narsalarni paketga solib, ko`rinadigan joyga,ya`ni yo`lakchaga qo`ying. Unga qoqinaverishdan bezor bo`lgach, qolib ketgan ishingizni axiyri bajarasiz.
4. Tez-tez… Bu oson!Ma`lumki, ozodalikni o`rnatish emas, saqlash kerak. Siz bu qoidaga rioya qilasizmi?
— Kiyimlaringizni har tomonga tashlamasdan, o`z vaqtida joy-joyiga qo`yishni odat qiling. Yuviqsiz idishlarni to`plamang!
Eng ma`quli, bir kunda o`n besh daqiqaga uy yumushlariga vaqt ajrating, bu bir oyda bir necha soat uy tozalashdan ko`ra ancha qulay. Bugun changni arting, ertaga polni, keyin esa changyutgichda gilamlaringizni tozalang.
Topshiriq: “Vaqtdan kim qanday foydalaniladi.” mavzusida:
1.O`g`il bolalar : 2.Qiz bolalar :
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
32-Mavzu: Yoshlarning ota-ona, oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari.
Maqsad: O‘quvchilarga yoshlarning ota-ona, oila hamda mahalla oldidagi burchlari haqida tushuncha berish.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
A xborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O’qituvchi:
Ota-onaning pand-nasixatlariga quloq solish, ularga har doim yordam berish, mexribon, e’tiborli bo‘lish, oila ishlariga ham ma’naviy, ham iqtisodiy yordam berish;
- har bir farzand o‘z singil va ukalariga mexribon, yo‘lboshchi va yo‘ldosh, odobda, axloqda, ishda, ilm-xunar o‘rganishda o‘rnak bo‘lish;
- ota-onalarining nimaga muxtoj ekanliklarini qalban his qilish, ularga bu borada amaliy mexribonlik ko‘rsatish;
-oilaga berayotgan ma’naviy va iqtisodiy yordamini minnat qilmaslik;
- tavallud, bayram va xayit kunlarida yo‘qlab turishni kanda qilmaslik;
- keksa ota-onalariga aloxida gamxo‘rlik qilishi, shirin muomalada bo‘lishi, orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam berish;
- vaqti-soati yetib, bandalikni bajo keltirsalar, izzat-ikrom bilan oxirgi manzilga kuzatish, ma’rakalarini kamtarona, dabdabasiz, karindosh-uruglar, uni bilgan, xurmat kilgan eng yakin odamlar bilan o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: |