Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor. Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
26-Mavzu: Amir Temur hayoti bizga o‘rnak. (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan). Kun shiori: “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo`lgan hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini singdirish.
I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:„Tengi yo`q Sohibqironi bor, o`zbekning“ O`qituvchi:
Amir Temur siymosi. Turkiston amirlari o`rtasida bo`lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur 1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o`n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo`lgan siymo darajasiga ko`tarildi, jahon tarixiga ta’sir o`tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.
“Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”, deb ta’kidlagan O`zbekiston Respublikasi”Dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va ruhoniyat homiysi bo`lgan?”
SOHIBQIRON FARZANDLARI
Amir Temurning to`rt o`g`li va ikki qizi bo`lgan. Farzandlar- o`g`illar ham, qizlar ham harbiy san’at sirlaridan yaxshi xabardor bo`lishgan. Jahongir Mirzo Amir Temurning Turmush oqa degan xotinidan dunyoga kelgan. Jahongir Mirzoning singlisi Oqa Begi xonim bo`lgan. Amir Temurning yana Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo singari o`g`illari, Sulton Baxt begim degan shaddod qizi bo`lgan.
Sohibqiron mehribon ota, qattiqqo`l murabbiy sifatida barchasini diqqat markazidan qochirmasdi.