Topshiriq: O`quvchilardan quyidagi savolga javob berish so`raladi: Fan-texnikaga nisbatan qanday Sinf soati ahamiyat talab etiladi?
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
22-Mavzu: To‘siqlarni yengib o‘tish
Kun shiori: Internetdan himoya choralari
Maqsad: O’quvchilarni internetdan to’g’ri oqilona foydalanishni o’rgatish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O’qituvchi:
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Movarounnahr” nashriyotida 372 sahifa hajmida 3000 nus’hada chop etilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi bilan boyitildi.
Aydarbek Tulepovning mazkur kitobida, asosan, internet orqali amalga oshirilayotgan tahdidlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etayotgan buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning salbiy oqibatlari aniq dalillar va hayotiy misollar asosida yoritilgan. Bunday tahdidlarga qarshi kurashish va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish asoslari milliy va diniy jihatdan bayon qilingan. Shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalarning asl qiyofasi hayotiy faktlar, savol-javoblar va psixologik testlar orqali batafsil ifodalangan.
Qo‘llanma o‘n bobdan iborat bo‘lib, sog‘lom e’tiqodga tahdid, jahon axborot tarmog‘idagi fitnalar huruji, bekorchilik va buzuqlik to‘rlari, ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari, kiberterrorchilik, kompyuter o‘yinlari manqurtlik vositasi, axborot asri tahlikalari, virtual muloqot vositalari, texnika taraqqiyoti tahlikalari, axborot xurujidan himoya kabi global maummolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan.
Kitobning har bir sahifasida kitobxonlarni haq yo‘lga boshlovchi, xalqimizning buyuk mutafakkirlari, olimu fuzalolarining dono fikrlari va millatimizga yot bo‘lgan illatlardan himoyalovchi, Internet tarmog‘i orqali xavf solayotgan tahdidlardan ogoh etuvchi qoidalar va ularga nisbatan munosabatlar o‘rin olgan. Har bir mavzuga real voqealarga asoslangan rangli tasvirlangan rasmlar, o‘tilgan mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar, mustaqil ish mavzulari, foydalanish uchun tavsiya etiladigan manba va adabiyotlar berilgan.
Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi OTM talabalari, akademik litseylar va kollejlar o‘quvchilari, professor-murabbiylari uchun mo‘ljallangan yordamchi o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Unda test savollarining va glossariyning mavjudligi esa yoshlar tabriyasi bilan shug‘ullanuvchilar uchun beminnat ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: |