Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
19-Mavzu:Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz. Kun shiori: Korupsiya taraqqiyot kushandasi
Maqsad: O’quvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o’rgatish
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar,
tarqatma materiallar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston bojxona xizmati faxriylari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Bu illatga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishning muhim vositalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20_7-yil 2-fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur qonun qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qaror bilan 20_7-20_8-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 50 dan ortiq muhim chora-tadbirlar o‘z ifodasini topgan.
Davra suhbatida bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.